Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jasurbek ishi: Prokuror olti yil jazo muddati tayinlashni so‘radi
Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kollejida yuz bergan mudhish voqea yuzasidan davlat ayblovchisi Baxtiyor Akromov sudlanuvchi Islombek To‘laganovni marhum Jasurbek Ibrohimovga qasddan og‘ir tan jarohat yetkazganida ayblab, olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi.
Joriy yilning 24 oktabr kuni sud majlisining navbatdagi qismida, davlat ayblovchisi Islombek To‘laganovning mazkur ishda aybdor, deb topib, uni olti yil umumiy tartibdagi qamoqxonada jazo muddatini o‘tashni so‘ragan. Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi, 7-, 1- va 2-poliklinika tomonidan taqdim etilgan kasallik varaqasi hamda tibbiy xulosaga ko‘ra, Jasurbek Ibrohimovning o‘limiga badaniga yetkazilgan og‘ir tan jarohati sabab bo‘lgani aniqlangan.
Shunday qilib, sudlanuvchi Islombek To‘laganov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “d” bandida qayd etilgan jinoyatni amalga oshirganlikda ayblanmoqda. Keyingi sud majlisi 27 oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:57 / 05.12.2019
Islombek To‘laganov kollejdagi o‘qishini davom ettirmoqda
18:10 / 26.09.2019
Jasurbek Ibrohimovning yaqinlari fuqarolik sudi orqali 650 mln so‘mdan ortiqroq kompensatsiya talab qilmoqda
14:44 / 15.04.2019
IIV Islombek To‘laganovning muddatidan ilgari ozod etilganiga izoh berdi
10:10 / 15.01.2018