Toşkent tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning ölimida aybdor deb topilgan Islom Tölaganov jazo muddatini ötaş vaqtida koloniyadagi rejimni buzmagani va mehnatga vijdonan yondaşgani tufayli ozod etilgan.
IIV ma'lumotlariga köra, ayni paytda Tölaganov «Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani Probatsiya xizmati nazorati ostida jazoni ötamoqda».
Vazirlikdan qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga köra, sudlangan şaxsga nisbatan sud tomonidan belgilangan ozodlikdan mahrum qiliş muddati jazo muddatining ma'lum qismi ötalganda, insonparvarlik harakati sifatida yengilroği bilan almaştirilişi mumkin.
«Jinoyat kodeksining 90-moddasi uçinçi qismi «b» bandiga binoan, I.Tölaganov jazo muddatining törtdan bir qismini ötaganidan söng, 2018 yil 20 dekabrda Jinoiy işlar böyiça Navoiy şahar sudi unga nisbatan muddatning ötalmay qolgan qismini axloq tuzatiş işlariga almaştirdi, bunda oylik maoşning 20 foizi davlat daromadiga ötkaziladi», - deyiladi IIV xabarida.
Jinoiy işlar böyiça Navoiy şahar sudining qaroriga asosan I. Tölaganov ozodlikdan mahrum qiliş muassasasidan ozod etildi va hozirgi paytda Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidagi Probatsiya xizmati nazorati ostida jazo ötamoqda.
2017 yil 31 may kuni Mirobod tuman IIB TB tomonidan Islombek Tölaganovga nisbatan JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoiy iş qözğatilib, tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan ötkazilgandi.
Iş hujjatlariga köra, öşa vaqtda voyaga yetmagan I.Tölaganov 2017 yil 3 may kuni soat 14-00 larda Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji hududida uşbu kollej öquvçisi Jasur Ibrohimov bilan özaro janjallaşib, söngra taxminan soat 14:20 larda 145-maktabning orqa tomonidagi garajlar oldiga birgalikda kelişib, şu yerda Tölaganov Ibrohimovning boş, qorin va hayoti uçun muhim bölgan boşqa sohalariga qöl va oyoqlari bilan urib, unga hayot uçun xavfli bölgan oğir tan jarohatlari yetkazib, uning ölimiga sababçi bölgan.
Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudining 2017 yil 30 oktyabrdagi hukmiga köra, I.Tölaganov JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan aybdor deb topilib, JKning 85-moddasi tartibida 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

















