25 sentabr kuni fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudida marhum Jasur Ibrohimovning yaqin qarindoşlari tomonidan berilgan ariza böyiça sud majlisi boşlandi.

Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, da'vogarlar, marhum Jasurbek Ibrohimovning otasi Muhammadjon Tursunov va marhumning onasi Nilufar Aliyevaning javobgarlar Islombek Tölaganov va uning ota-onasiga nisbatan yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni undiriş töğrisidagi arizasi böyiça sud majlisi boşlandi.

Da'vogar taraf javobgarlardan yetkazilgan moddiy zararni qoplaş uçun 151 732 760 söm va farzandining ölimi sabab körilgan ma'naviy zarar uçun 500 000 000 söm talab qilmoqda. Oila javobgarlardan ma'naviy zarar uçun undiriladigan mablağlarni xayriya fondiga ötkazişni rejalaştirgan.

Biroq, javobgar taraf ariza bilan tanişib çiqqani, bu ölim holatida farzandi aybsiz ekani, Jasurbek Ibrohimov ayrim şifokorlar harakatsizligi natijasida vafot etgani, uşbu voqea yuzasidan tegişli taşkilotlarga ariza berganini aytib, suddan ularni javobgarlar safidan çiqarişni va mazkur talabni rad etişini söramoqda.

Keyingi sud majlisi joriy yilning 14 oktabr sanasiga qoldirildi.

Eslatib ötamiz, Jasurbek Ibrohimov 2017 yil may oyida bölgan muştlaşuvda olgan jarohatlari oqibatida oradan bir oy ötib, şifoxonada vafot etgan edi. Şundan söng bölib tergov va sud yakunlariga köra, Jasurbek Ibrohimovning ölimida uning kollejdoşi — Islombek Tölaganov aybdor deb topilib, u 2017 yil kuzida olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

2019 yilning aprelida esa Islombek Tölaganov 2018 yil dekabrida şartli ravişda muddatidan avval ozodlikka çiqarilgani ma'lum böldi.

Içki işlar vazirligi Islombek Tölaganov muddatidan avval ozod etilganini u jazo muddatini ötaş vaqtida koloniyadagi rejimni buzmagani va mehnatga vijdonan yondaşgani bilan izohlagan, u Mirzo Uluğbek tumani Probatsiya xizmati nazorati ostida jazoni ötayotgani bildirilgandi.