2018 yil 12 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida P.Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining 2-bosqiç öquvçisi, marhum Jasurbek Ibrohimov işi böyiça ayblanuvçining apellyatsiya murojaati körib çiqildi. Sud xulosasiga köra, Islombek Tölaganovga tayinlangan avvalgi sud hukmi öz kuçida qoldirildi, deb yozmoqda «Nuz.uz».

Tölaganovning ikki advokatining fikriça, J.Ibrohimov olgan jarohatlari tufayli emas, balki kerakli tibbiy muolajaning öz vaqtida körsatilmagani sababli vafot etgan. Ularning sözlariga köra, agar marhumga kasalxonaga tuşgan birinçi kunda jarrohlik amaliyoti qilinganida tirik qolgan bölardi. Bundan taşqari, advokatlar ilk kunlari bemorga kuçli ta'sir qiluvçi oğriqsizlantiruvçi dorilar qöyilganiga e'tibor qaratişgan. 

I.Tölaganovning otasi A.Rasulov öz öğlini töliq oqlab, muştlaşuvda Islombekning özi ham jabrlanganini aytdi va öğli jinoyatni amalga oşiriş çoğida voyaga yetmagan bölganligiga sud e'tiborini qaratdi.

J.Ibrohimovning buvisi öz navbatida sudda körsatmalar berib, Mirobod tuman sudi faqat bir kişini aybdor deb topgani, maş'um muştlaşuvning qolgan iştirokçilari guvohlar sifatida söroq qilingani sababli adolatsiz qaror çiqarilganini aytdi. Şunga binoan, guvohlar va I.Tölaganovning oilasi qanday talofat körganini taqqoslaş noörin. 

Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi apellyatsiya şikoyatini körib çiqib, hukmni özgarişsiz qoldirişga qaror qildi. Sudyaga köra, Tölaganovning advokatlari taqdim etgan dalillar birinçi instansiya sudi hukmini özgartiriş uçun yetarli darajada jiddiy emas. Şu bilan birga, işda bir qança ziddiyatlar topilgani bois, J.Ibrohimov yotgan ba'zi tibbiyot muassasalari şifokorlarining xatti-harakatlariga nisbatan prokuror tekşiruvi belgilandi. 

Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi 2017 yil 30 oktabrda P.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji öquvçisi Jasurbek Ibrohimovning ölimi yuzasidan Islombek Tölaganovni olti yilga ozodlikdan mahrum etgan edi.