Jahon | 00:05 / 27.10.2017
13557
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Shimoliy Koreya armiyasi qo‘mondonligiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Foto: RIA Novosti / Igor Mixalev

Vashington Shimoliy Koreya xalq armiyasi qo‘mondonliklaridan biri – harbiy xavfsizlik qo‘mondonligiga, uning ba'zi rahbarlari va Shimoliy Koreya hukumati a'zolariga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi ma'lum qildi.

Sanktsiyalar ro‘yxatiga qo‘mondonlik boshlig‘i, uning o‘rinbosari, Shimoliy Koreya mehnat vaziri, Shimoliy Koreyaning Xitoyning Shenyan shahridagi bosh konsuli, Shimoliy Koreya xalq xavfsizligi vazirining birinchi o‘rinbosari kiritilgan.

Shuningdek, Shimoliy Koreya tashqi qurilish byurosi va uning direktoriga qarshi sanksiyalar kiritilgan.

Shimoliy Koreya armiyasi harbiy xavfsizligi qo‘mondonligi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va davlatning qolgan rahbarlarini ularning harbiy qismlarga tashrifi vaqtida qo‘riqlash bilan shug‘ullanadi. Qo‘mondonlik shuningdek armiya zobitlari va qo‘mondonlari faoliyatini kuzatib boradi. 

AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Xezer Nauert Shimoliy Koreya amaldorlariga qarshi sanksiyalar ularning inson huquqlari qoidbuzarliklariga aloqalari borligigi sababli kiritilganinni ma'lum qildi. Davlat departamentining fikricha, Shimoliy Koreyada bu sohadagi vaziyat "dunyodagi eng yomonlaridan biri" bo‘lib qolmoqda. Davlat departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada qatllar, qiynoqlar, ishlashga majburlash, jinsiy xarakterlagi tajovuzkor jinoyatlar keng tarqalgan.   

"Shimoliy Koreya hukumati xavfsizlik xizmati xodimlarini xorijga u yerdagi shimoliy koreyaliklar faoliyatini kuzatish va xorijda boshpana qidiruvchi shaxslarni majburan qaytarish uchun xorijga jo‘natadi", deb aytilgan davlat departamenti bayonotida.      

Mavzuga oid