Jahon | 20:30 / 27.10.2017
12177
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Kataloniyaning qaroriga munosabat bildirdi

Yevropa kengashi raisi Donald Tusk tashkilot Kataloniyadagi mustaqillik referendumidan keyin Ispaniya bilan muzokaralar olib borishni davom ettirishini ma'lum qilib, Madrid kataloniyaliklarga kuch ishlatishdan tiyilishiga umid bildirdi.

«YeI uchun hech narsa o‘zgargani yo‘q. Ispaniya bilan bu masaladagi muloqotni davom ettiramiz. Umid qilamanki, ispan hukumati kuch ishlatmaydi», — deya yozgan Tusk tvitterida.

Bugun Kataloniya parlamenti mustaqillik haqida e'lon qildi. 

Bunga javoban Madrid konstitutsiyaning 155-moddasini qo‘llab, Kataloniyadan avtonomiya maqomini bekor qildi.

Mavzuga oid