Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Kataloniyaning harakatlariga keskin munosabat bildirdi
Germaniya hukumati Kataloniya parlamentining mustaqillik to‘g‘risidagi bir tomonlama deklaratsiyasini tan olmaydi. Bu haqda GFR hukumati rasmiysi Shteffen Zaybert ma'lum qildi.
«Ispaniyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi daxlsizdir va shunday bo‘lib qoladi. Bir tomonlama e'lon qilingan mustaqillik asosidagi boshqaruv huquq buzilishidir. Federal hukumat bunday boshqaruvni tan olmaydi», — deyilgan xabarda.
Bugun, 27 oktabr kuni Kataloniya parlamenti mintaqa Ispaniyadan mustaqil bo‘lganini rasman tasdiqlaydigan rezolyutsiyani imzoladi. Bir soat vaqt o‘tib Ispaniya Senati Konstitutsiyaning 155-moddasini qo‘llashni ma'qulladi. Bu moddada muxtor hudud mamlakatdagi tartibga daxl qilgan paytda muxtoriyat huquqi to‘xtatilishi belgilangan. Shu tariqa, senat Kataloniya muxtoriyati rahbariyatini hokimiyatdan chetlashtirib, mintaqada Madridning bevosita boshqaruvini joriy etish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Kataloniya parlamenti mustaqillik e'lon qilishi ortidan darhol AQSh, Ukraina va Buyuk Britaniya davlatlari Ispaniya hukumatini qo‘llashini ma'lum qilib chiqishdi.
Mavzuga oid
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
10:13 / 08.04.2026
Neft, gaz va o‘g‘it: Ho‘rmuz sabab RF daromadlari keskin oshishi mumkin
17:15 / 23.03.2026
Germaniyada temiryo‘lga qo‘yilgan beton plitalar poyezd avariyasiga sabab bo‘ldi
14:12 / 23.03.2026