Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniya mustaqillikni e'lon qildi, «Barselona» kelajagi so‘roq ostida
Kataloniya parlamenti Ispaniyadan ajralib chiqish haqidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi.
135 deputatdan 72 nafari mustaqillik e'lon qilinishi tarafdori ekanini ma'lum qildi, 10 nafari qarshi ovoz berdi. Madridga moyil partiya vakillari esa ovoz berish jarayonida ishtirok etishni istamadi va zalni tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya mustaqilligi masalasi hududning sport jamoalariga ham ta'sir qilishi mumkin.
Avvalroq, La Liga rahbariyati Kataloniya mustaqilligi tan olinsa, «Barselona», «Jirona» va «Espanol» Ispaniya chempionatini tark etishi mumkinligini aytgan edi. Shundan so‘ng, «Barselona»ning Fransiya yoki Angliya chempionatlariga ko‘chib o‘tishi taxmin qilingandi.
Mavzuga oid
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026
Atigi bir necha qadam – Portugaliya va Ispaniya o‘rtasida dunyodagi eng kichik xalqaro ko‘prik bor
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
23:35 / 10.05.2026