Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rogozin: Rossiya O‘zbekistonga mudofaa sanoatini qayta tiklash uchun ko‘mak ko‘rsatadi
Toshkentda mehmon bo‘lib turgan Rossiya hukumati rahbari birinchi o‘rinbosari Dmitriy Rogozin O‘zbekiston rahbariyatiga harbiy sanoat mahsulotlarining narxlarini shakllantirish tizimini tashkillashtirish va sanoatini rivojlantirishni rejalashtirishda yordam ko‘rsatilishini va'da qildi, deb yozadi TASS.
Rossiya hukumati rahbarining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Rogozin Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda bosh vazir Abdulla Aripov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi harbiy-sanoat komissiyasi (RF HSK) O‘zbekiston mudofaa sanoatini qayta tiklash ishlarida maslahat ko‘magi ko‘rsatishi haqida ma'lum qilgan.
«HSK harbiy maqsadlardagi mahsulotlar uchun narxlarni shakllantirish tizimini qay tariqa tashkillashtirish, qurollanishni rivojlantirish va sanoatni shunga tayyorlashni rejalashtirishning uzoq muddatli dasturini qanday shakllantirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston hukumatiga ko‘mak ko‘rsatadi», — dedi Rossiya bosh vaziri birinchi o‘rinbosari.
Mavzuga oid
11:42 / 16.12.2025
Germaniya Kiyev bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
19:28 / 11.01.2024
Shavkat Mirziyoyev mudofaa sanoati majmualari bilan tanishdi
09:23 / 27.12.2022
Rogozindan Donetskda yaralanganidan keyin snaryad parchasi olib tashlandi
14:04 / 22.12.2022