Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Kiyev bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
Germaniya Ukraina bilan mudofaa sanoatida hamkorlik rejasini ishlab chiqdi. U 10 banddan iborat. Berlinda aloqa byurosi tashkil etiladi.
Foto: Morris MacMatzen/ Getty Images
Germaniya hokimiyati Ukraina bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun harbiy maqsaddagi mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqish va ishlab chiqarishni kengaytirish, shuningdek Kiyevni bunday mahsulotlar bo‘yicha Yevropa bozoriga yanada kuchliroq integratsiya qilishga ko‘maklashish niyatida. Bu va boshqa yo‘nalishlar Berlinda tayyorlangan 10 bandli rejada o‘z aksini topgan. Reja 15 dekabr, dushanba kuni Germaniya–Ukraina iqtisodiy forumida taqdim etilgan, deya xabar qildi dpa va Reuters agentliklari.
Barcha tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan hujjatda Yevropa hamkorlari tomonidan Ukraina uchun harbiy mahsulotlarni birgalikda xarid qilish hajmini oshirish ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, unda Germaniyada Ukraina Qurolli kuchlari uchun jangovar dronlar ishlab chiqarish rejalari ham qayd etilgan. Bu borada avvalroq ukrain dron ishlab chiqaruvchisi Frontline Robotics va nemis mudofaa kompaniyasi Quantum Systems kelishuvga erishgan edi.
Ikki mamlakat qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Berlinda Ukraina qurolsozlik sanoatining Ukraine Freedom House nomli kontakt byurosi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Germaniya Ukraina mudofaa sektoriga kiritiladigan investitsiyalar uchun kafolatlar berish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqchi. Tomonlar iqtisodiyotni josuslik va diversiyalardan himoya qilish sohasida ham hamkorlik qilishni rejalashtirgan.
Rejaning alohida bandida harbiy texnika xaridida korrupsiyaning oldini olish choralarini har ikki tomon ko‘rishi zarurligi talabi ham belgilangan.
Mavzuga oid
09:40
Putin yirik biznesga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
09:33
Pentagon Ukraina uchun mo‘ljallangan qurollarni Yaqin Sharqqa yo‘naltirishi mumkin
09:28
Kiyev va Ar-Riyod xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqchi
09:05 / 26.03.2026