Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya ikki tomonlama savdoda O‘zbekistonning manfaatlarini hurmat qiladi
Turkiya Toshkent va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarni kerakli darajaga olib chiqishni o‘zining burchi deb biladi, deya aytib o‘tdi Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Istanbuldagi Turkiya-O‘zbekiston biznes-forumi ochilishida. Bu haqda «Anadolu» xabar bermoqda.
«Turkiya O‘zbekiston bilan o‘z munosabatlarini juda qadrlaydi. Turkiya Iqtisodiyot vazirligi Turkiya va O‘zbekiston prezidentlari ko‘rsatmalari hamda bosh vazirlari direktivasi bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni kuzatib bormoqda. Uzoq muddatli ikki tomonlama munosabatlar asosida o‘zaro manfaatlarni hisobga olish yotadi. Savdoga ham shu tegishli. Shaxsan men ikki tomonlama tovar aylanmasida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy manfaatlariga alohida e'tibor qarataman», - dedi Zeybekchi.
Vazir 2017 yil oxiriga kelib Turkiya iqtisodiyotining o‘sishi olti foizdan oshishini eslatdi. «Yil oxiriga kelib, Turkiya eksporti ham 11-12 foizga o‘sadi. Turkiya nominal YaIM miqdori bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni va xarid qobiliyati tengligi bo‘yicha hisoblangan YaIM kattaligi bo‘yicha 13-o‘rinni egallaydi. Mamlakatning bu yilgi ko‘rsatkichlari maqtovga loyiq», - dedi Zeybekchi.
Vazirning eslatishicha, yil boshida yetti-sakkizta xalqaro moliya tashkiloti va reyting agentliklari Turkiya iqtisodiyoti 2-2,5 foizga o‘sishini taxmin qilganlar.
«May oyida prognozlarini qayta ko‘rib chiqib, ularni 3-4 foizga oshirishdi. Oktyabrda prognozlar ikkinchi marta qayta ko‘rib chiqilib, 4,5-5 foizga ko‘tarildi », dedi Zeybekchi. Vazir, shuningdek, reyting agentliklaridan ko‘ra, Turkiyaning rasmiy doiralari va ekspertlar jamoalari pozitsiyalariga ko‘proq e'tibor qaratishga chaqirdi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
11:00 / 08.06.2026