Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya O‘zbekiston ta'lim tizimini rivojlantirishga yordam beradi
Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘rtasidagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Turkiya oliy ta'lim bo‘yicha kengashi (YÖK) raisi Yyekta Sarach boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonning ikkita ta'lim muassasasi infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha ish boshladi. Bu haqda «Anadolu» xabar bermoqda.
Gap Samarqanddagi Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro tadqiqot markazi va Toshkentdagi Islom tadqiqotlari markazi haqida bormoqda.
Sarach boshchiligidagi YÖK delegatsiyasi noyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurib, vaziyat bilan tanishadi. Delegatsiya a'zolari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi. Davlat rahbari institutlarni shakllantirish jarayonini kuzatib boradi.
Bundan tashqari, YÖK O‘zbekistonda oliy ta'lim tizimini isloh qilishga yordam beradi.
Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kuni kecha O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida, «turkiy va islom sivilizatsiyasining ikki qadimiy o‘chog‘i madaniy yaqinlashuvi» ahamiyati katta ekanini aytgandi.
«Ikki mamlakat idoralari rahbarlariga ikki tomonlama hamkorlikni maksimal darajada rivojlantirish haqida ko‘rsatma berildi. O‘zbekiston tomoni Anqara kabi yaqinlashishga intilayotganini ko‘rishdan juda baxtiyorman. Imom Buxoriy va Imom Maturidiy institutlari faoliyatiga umid qilamiz», - degan Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:14 / 07.06.2026