O‘zbekiston iqtisodiyoti 9 oy ichida necha foizga o‘sgani ma'lum bo‘ldi
2017 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2016 yilning shu davriga nisbatan 5,3 foizga oshdi - 170,07 trillion so‘mgacha.
Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yil yanvar-sentabr oylarida sanoat mahsuloti hajmi 99,06 trln. so‘mni tashkil etdi, bu 2016 yilning shu davriga nisbatan 5,6%ga ko‘p.
Hisobot davrida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish hajmi 3,5%ni tashkil etdi - 46,19 trln. so‘mgacha.
2017 yil yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar 39,53 trln. so‘mdan oshdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1%ga ko‘p.
Hisobot davrida qurilish ishlari hajmi 25,17 trln. so‘mga yetdi, bu 2016 yildagi shu davrdan 5,3%ga ko‘pdir.
2017 yil yanvar-sentabr oylarida yuk aylanmasi 65,6 mlrd. tonna-km.ni yoki 2016 yilning shu davriga nisbatan 2,8%ga ko‘proqni tashkil etdi.
Hisobot davrida yo‘lovchilar aylanmasi 83,3 mlrd. so‘mga yetdi, bu 2016 yilga nisbatan 4,9ga ko‘p.
Chakana tovar aylanmasi 2017 yil yanvar-sentabr oylarida 4,3 foizga o‘sdi - 76,35 trln. so‘mgacha. 2017 yil yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 77,25 trln. so‘mni tashkil qildi (2016 yilning shu davriga nisbatan 6,9%ga ko‘p).
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2017 yil 9 oyi mobaynida 16,6 foizga o‘sdi - 19,95 mlrd. AQSh dollarigacha. Eksportning o‘sishi 25,65% (10,36 mlrd. dollargacha) va importning o‘sishi 8,3%ni (9,59 mlrd. dollargacha) tashkil etgan.
Hisobot davrida tashqi savdo saldosi 770,6 mln. dollarga teng bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
19:18 / 05.11.2024