Jahon | 21:57 / 28.10.2017
6577
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda amerikalik harbiylar vertolyoti falokatga uchradi

Afg‘onistonda AQSh harbiy vertolyoti falokatga uchradi. NATO missiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, oqibatda bir kishi halok bo‘lgan va 6 kishi yaralangan. 

Voqea mamlakatning janubidagi Logar viloyatida vertolyot jangarilarga qarshi operatsiyani bajarayotganda yuz bergan. Vertolyot noma'lum sabablarga ko‘ra harbiylar nazoratida bo‘lgan hududga qulagan.

Bu orada "Tolibon" terrorchilik guruhi vertolyot jangarilar tomondan urib tushirilgani, undagi barcha harbiylar o‘ldirilganlarini ma'lum qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid