Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara hokimi Erdo‘g‘an tufayli iste'foga chiqishini ma'lum qildi
Turkiya poytaxti Anqara shahriga 1994 yildan beri hokimlik qilib qilib kelgan Melix Go‘kchek shanba kuni o‘z xohishiga ko‘ra iste'foga chiqayotgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar bermoqda.
"Men yomon hokim bo‘lganim uchun ketayotganim yo‘q. Buni prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an so‘ragani uchun qilmoqdaman. Men uning buyruqlariga bo‘ysunaman hamda o‘z lavozimimni tark etayapman", - deya uning so‘zlarini keltiradi nashr.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir oy davomida Istanbul hokimi Qodir To‘pbosh, Duzjye shahri rahbari Mahmud Kelesh, Nig‘de hokimi Farrux Oydo‘g‘an va Bursa hokimi Rajab Oltepa o‘z lavozimini tark etdi. Hurriyet gazetasining ta'kidlashicha, Turkiya shaharlari hokimlarining iste'fosi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan deputlar, siyosatchilar hamda hokimlarni yoshartirish bo‘yicha e'lon qilingan siyosatga bog‘liq.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026