Jahon | 10:16 / 28.10.2017
6470
1 daqiqa o‘qiladi

Barak Obama xalq maslahatchisi bo‘ladi

Foto: Nancy Stone / Chicago Tribune

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Illinoys shtati Kuk okrugi sudiga xalq maslahatchisi vazifasiga taklif etildi. Chicago Tribune gazetasining yozishicha, sobiq davlat rahbari taklifni qabul qilgan.

«U menga o‘z vakili orqali fuqarolik burchini bajarishga tayyorligini bildirdi», — degan okrugning bosh sudyasi Tim Evans.

Shu bilan birga, sudya xavfsizlik nuqtai nazaridan sud majlisining vaqti va joyini ma'lum qilmagan. Evansning ishontirishicha, sobiq prezidentning xavfsizligi to‘liq ta'minlanadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid