Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha golfchi erkaklarni mag‘lub etgan qizga bosh sovrin berilmadi
16 yoshli amerikalik golfchi qiz Emili Nesh (Emily Nash) Massachusetsdagi o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada (Central Massachusetts Division 3) o‘z raqiblarini dog‘da qoldirdi. Biroq sportchiga ayol jinsidan bo‘lgani uchun ham bosh sovrin berilmadi.
Musobaqani o‘tkazish qoidalariga ko‘ra, unda har qanday jinsdagi golf o‘yinchilari qatnashishi mumkin. Ammo qizlarning shaxsiy hisobdagi natijalari e'tiborga olinmaydi. Amerika shtatidagi o‘smirlar musobaqasi mavsumlarga taqsimlangan bo‘lib, bahorda ayollar, kuzda erkaklar yig‘ini o‘tkaziladi.
Nesh huquqidan foydalanishga qaror qilib, sport uyushmasi ruxsati bilan o‘smirlar jamoasi tarkibida qatnashdi. U raqiblari urgan nuqtalardan koptokchani tushirgan, golf tayoqlarini o‘zi olib yurgan va raqiblaridan imtiyozli tomoni bo‘lmagan. Umuman, Emili musobaqada 75 marta zarba bergan. Bu esa, uni ta'qib qilgan erkak sportchi natijasidan 4 ta zarbaga yaxshiroq edi.
Shunga qaramay, mukofot ikkinchi o‘rinni olgan sportchiga berildi. Hatto shunday vaziyat ham bo‘ldiki, deyiladi xabarda, ikkinchi o‘rinni olgan sportchi sovrinni Neshga topshirishga urindi, lekin sportchi qiz tashakkur aytib, uni rad etdi.
Mavzuga oid
14:37 / 21.03.2026
O‘zbekistonlik harbiylar AQShda o‘tkazilgan musobaqada rekord natija qayd etishdi
10:50 / 18.09.2025
O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi
12:30 / 10.02.2025
Yaponiyada an’anaviy bekinmachoq o‘yini uchun 100 nafar ishtirokchi qidirilmoqda
08:04 / 08.05.2023