Jahon | 16:32 / 28.10.2017
4942
2 daqiqa o‘qiladi

Madrid Kataloniya rahbarining vakolatlarini Ispaniya bosh vaziri o‘rinbosariga berdi

Foto: Reuters

Ispaniya hukumati Kataloniya prezidenti va vitse-prezidenti vakolatlarini bajarish majburiyatini mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Sorayya Saens de Santamariyaga yukladi.

Kataloniya hukumatidagi boshqa vazirlar majburiyatlarini Ispaniya hukumatining tegishli idoralari rahbarlari bajaradi, deb xabar bermoqda El Pais.

Nashrning ta'kidlashicha, Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon va uning hukumati a'zolarini lavozimdan chetlatish haqidagi hujjatlarda xizmat uchun tashakkur bildirish, kabi oddiy jumlalar yo‘q.

Saens de Santamariya Kataloniya telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari markazini ham nazorat qiladi. El Pais’ning yozishicha, hukumat ayirmachilar markazni parallel hukumatni shakllantirish uchun foydalanishidan xavfsiramoqda. 

Madrid Kataloniya hukumati va parlamenti tarqatib yuborilishi haqida, Kataloniya parlamenti 27 oktabr kuni kechqurun mintaqaning Ispaniyadan mustaqilligi haqida ma'lum qilganidan so‘ng e'lon qildi. Ispaniya hukumati g‘oyasiga ko‘ra, 21 dekabr kuni Kataloniyada yangi saylovlar bo‘lib o‘tishi kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid