Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 13 politsiyachi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning shimoli-sharqida joylashgan Qunduz viloyatida «Tolibon» jangarilari bilan navbatdagi to‘qnashuv vaqtida 13 nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Bu haqda «Pajvak» agentligi mahalliy amaldorga asoslanib xabar berdi.
Jangarilar bilan to‘qnashuv yakshanbaga o‘tar kechasi Xonobod tumani hududida ro‘y bergan. Tuman rahbari Hayatulla Amiriyning ma'lumot berishicha, mahalliy vaqt bilan tungi soat 03:00 atrofida jangarilar politsiya postiga hujum qilgan.
«Nazorat-o‘tkazuv punktida jami 14 politsiyachi bo‘lgan. Ulardan biri qochib qutulishga muvaffaq bo‘lgan, qolganlari halok bo‘lgan», — degan manba.
Jangarilar qurollar va Humvee avtomobilini olib ketishgan.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026