Sport | 23:10 / 29.10.2017
8135
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Buffonning terma jamoadagi faoliyatiga 20 yil to‘ldi

1997 yil kuz oylarida Rossiya va Italiya terma jamoalari Fransiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bahslashadigan bo‘ldi. Moskvada o‘tkazilgan o‘yinning birinchi qismida italiyalik darvozabon Janluka Palyuka jarohat olib, o‘z o‘rnini yosh Janluiji Buffonga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.

Buffon u paytda endi 19 yoshni qarshilagan, «zaxiradagi darvozabon» maqomidan xalos bo‘lishni kutib turgan umidli o‘yinchilardan biri edi. Uchrashuv yakunida jamoalar 1:1 hisobdagi durangga imzo chekdi. Kristian Viyera va Fabio Kannavvaro yo‘naltirgan to‘p darvoza to‘ridan joy olgan. To‘g‘ri, bu ikkisi ham italyan futbolchilari, ammo Kannavvaro o‘shanda o‘z darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Boris Ignatevda paydo bo‘lgan umid keyinchalik puchga aylandi. Italiyalik futbolchilar javob uchrashuvida munosib ravishda harakatlanib, o‘yindagi yagona golga mualliflik qilishdi.

Oradan ropa-rosa 20 yil o‘tdi, Buffon esa 40 yoshni qarshilash arafasida, ammo u Italiya terma jamoasi safida 173ta o‘yinda ishtirok etgan va bir nechta rekordlarni yangilagan futbolchi sifatida yana bir bor dunyoning eng yaxshi darvozaboni deya e'tirof qilindi.

2018 yil yozda Buffon yana bir marta Rossiyaga tashrif buyuradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid