2006 yilda Italiya terma jamoasi törtinçi bor jahon çempioniga aylangandi. Marçello Lippi jamoasi guruhda Çexiya va Ganani yengib, AQŞ bilan durang öynagan holda guruhda birinçi örinni egallagan. Finalga qadar yölda «Skuadra adzurra» Avstraliya (1:0), Ukraina (3:0) va Germaniyani (2:0) mağlub etgan, Fransiyaga qarşi hal qiluvçi bahsda öyindan keyingi penaltilar seriyasida italiyaliklar yaxşiroq zarba berişgan. Championat.com öşa unutilmas jamoaning qahramonlari hozir qayerdaligi böyiça ma'lumot töpladi.
Darvozabon: Janluiji Buffon, 43 yoş
Foto: ANDREAS RENTZ / PIER MARCO TACCA/GETTY IMAGES
2006 yilgi jahon çempionatiga Jiji Andjyelo Perutssi («Latsio») va Marko Ameliya («Livorno») bilan birgalikda darvozabonlar bölinmasini taşkil qilgandi. Buffon turnirdagi barça yetti öyinda maydonga tuşgan va atigi ikki gol ötkazib yuborgan. «Yuventus» darvozaboni guruh bosqiçida Çexiya va Ganaga qarşi öyinlarda, pley-offda esa – Avstraliya, Ukraina va Germaniyaga qarşi bahslarda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. JÇ yakunlariga köra Buffon turnirning eng yaxşi darvozaboni deb topilib, Lev Yaşin sovrinini qölga kiritgan.
Afsonaviy darvozabon biroz oldinroq erkin agent sifatida «Parma»ga qaytdi va 2023 yil 30 iyuniga qadar amal qiluvçi şartnomaga imzo çekdi.
Himoyaçi: Fabio Grosso, 43 yoş
Foto: ALEX LIVESEY / VINCENZO IZZO/GETTY IMAGES
Grosso 2006 yilgi jahon çempionati qahramoni bölgandi. U 1/8 finalda Avstraliyaga qarşi öyinda penalti işlagan va bu penalti öyin taqdirini hal qilgan, yarimfinalda Germaniyaga ğalaba golini urgan va finalda Fransiyaga qarşi öyindan keyin penaltilar seriyasida 11 metrdan aniq zarba bergan. Bu Fabioning faoliyatidagi ilk sovrin edi, şundan keyin unga sovrinlar magnitga yopirilgandek yopiriladi. Mundialdan bir oy ötib Grosso Italiya Superkubogi sohibi böladi, bir yildan keyin «Inter» safida mamlakat çempionligini nişonlaydi. 2007 va 2008 yillarda esa «Lion» bilan ikki bor Fransiya Superkubogini qölga kiritadi, uşbu yurt çempionatida ğolib böladi.
Mavzuga oid
2013 yilda murabbiylik litsenziyasini olgan uşbu jahon çempioni «Yuventus» yoşlar jamoasi murabbiylar ştabida işladi, 2021 yil martidan «Frozinone»ni boşqarişga kirişdi.
Himoyaçi, Fabio Kannavaro, 47 yoş
Foto: ALEX LIVESEY / LINTAO ZHANG/GETTY IMAGES
2006 yil Kannavaroning faoliyatidagi eng yaxşisi bölgandi. U turnirdagi barça öyinlarda iştirok etgan va jamoa sardori sifatida öynagan. 2006 yil yakunlariga köra uşbu himoyaçi qator sovrinlarni öziniki qilgan, jumladan, «Oltin töp»ni qölga kiritib, FIFA va World Soccer talqinlariga köra eng yaxşi futbolçi bölgan, Italiyada yil futbolçisi deb topilgan. 2006 yilgi jahon çempionatidan keyin Kannavaro «Yuventus»dan «Real»ga yöl olib, madridliklar bilan qatorasiga ikki bor Ispaniya çempionligini nişonlagan.
Ayni vaqtda Fabio murabbiylik faoliyati bilan maşğul – u Xitoyning «Guançjou Evergrand» klubida boş murabbiy sifatida işlamoqda.
2005/2006 yilgi mavsumda Materatssi nihoyat Italiya çempionatida ğolib çiqadi (qatorasiga ikki marta uçinçi örin va bir marta ikkinçi örindan keyin). Marko turnirga kötarinki kayfiyatda yöl oladi va mundialda ham özini körsatadi — Çexiya va Fransiyaga gol uradi, Zidanni quyuşqondan çiqarib, maydondan çetlatilişini ta'minlaydi. Turnirdan keyin Matritsa 2006/2007 yilgi mavsumda A Seriyada himoyaçilar orasida eng yaxşi töpurarga aylanadi - raqiblar darvozasiga 10 gol yöllaydi. Uç yil ötib esa beşinçi bor Italiya çempioni böladi, Çempionlar ligasi kubogini boşi uzra kötaradi.
Materatssi uç yil murabbiylik qiladi, keyin esa futboldan ketadi. Endi u reklama loyihalarida iştirok etmoqda, sayohat qilmoqda, ekspert bölib işlamoqda – xullas, özi uçun yaşamoqda.
Himoyaçi: Janluka Dzambrotta, 44 yoş
Foto: GIUSEPPE CACACE / EMILIO ANDREOLI/GETTY IMAGES
«Yuventus» himoyaçisi çorakfinalda Ukraina darvozasiga ğalaba golini urgan va JÇ ramziy terma jamoasidan örin olgan. Mundial yakunlangaç A Seriyada korrupsiya mojarosi boşlangaç, Dzambrotta «Barselona» safiga ötadi va Ispaniya Superkubogini yutadi.
2013 yildan 2017 yilgaça özini murabbiylik faoliyatida sinab köradi, ammo u ham Materatssi kabi bu sohada muvaffaqiyat qozona olmaydi va hozirda SoBe Sport kompaniyasida işlamoqda (professional sportçilar va murabbiylar uçun kommunikatsiya va sport marketingi sohasidagi yetakçi kompaniya).
Yarimhimoyaçi: Jyennaro Gattuzo, 43 yoş
Foto: LARS BARON / FRANCESCO PECORARO/GETTY IMAGES
Gattuzo Lippining JM-2006ga olib borgan jamoasidagi muhim figura edi, u turnirda olti öyinda qatnaşadi, Françesko Totti va Andrea Pirlo bilan birgalikda turnirning 23 yulduzi qatoridan joy oladi. Jahon çempionatidan keyin Gattuzo Italiya çempionati va Superkubokda, şuningdek, Çempionlar ligasi va UYeFA Superkubogida ğolib böladi.
2013 yildan murabbiylik faoliyatini boşlagan Gattuzo «Son», «Palermo», «OFI», «Piza», «Milan» va «Napoli» klublarida işladi. 2021 mayida «Fiorentina» boş murabbiyligiga tayinlandi, ammo, bir oy ötmasdan, klub rahbariyati bilan transfer siyosati borasida kelişa olmay, iste'foga çiqdi.
Yarimhimoyaçi: Simone Perrotta, 43 yoş
Foto: SANDRA BEHNE / PIER MARCO TACCA/GETTY IMAGES
JÇ-2006da barça öyinlarda maydonga tuşgan beş futbolçidan biri. Lekin u 18 yil davomida Italiyada öynab, çempion bölolmagan (asosiy faoliyatini «Roma»da ötkazgan - 2004-2013 yillar). Uşbu yarimhimoyaçi Intertoto kubogini yutgan, ikki martadan Italiya Kubogi va Superkubokda zafar quçgan.
Hozirda Perrotta Italiya futbol federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida işlamoqda.
Yarimhimoyaçi: Andrea Pirlo, 42 yoş
Foto: ALEXANDER HASSENSTEIN / ALESSANDRO SABATTINI/GETTY IMAGES
Çempionlar ligasining ikki karra ğolibi JÇ-2006da Gana darvozasiga gol urgan va turnirdagi uç öyinda eng yaxşi öyinçi sifatida e'tirof etilgan. Yarimfinalda Fabio Grossoni golli pas bilan ta'minlagan, finalda esa Materatssi gol urişiga yordamlaşib, öyindan keyingi penaltilar seriyasida aniq zarba bergan. Yil yakunlariga köra Andrea «Oltin töp»ga da'vogarlar örtasida töqqizinçi, yarimhimoyaçilar miqyosida esa birinçi bölgan.
Pirlo 2015 yilgaça Italiya termasida töp surdi, futbolçilik faoliyatini 2017 yilda «Nyu-York Siti»da yakunladi. Murabbiylik faoliyatini 2020 yil avgustida boşlagan Pirlo dastlab «Yuventus»ning yoşlar jamoasida işladi, köp ötmay şoşilinç ravişda asosiy jamoaga tayinlandi, ammo, Italiya Kubogi va Superkubokdagi ğalabaga qaramay, 2021 yil 28 mayida işdan böşatildi. Andreaning rahbarligida «Yuventus» töqqiz yil içida ilk bor A Seriyada ğolib bölolmadi va törtinçi örinni egalladi.
Kamoranezi JÇ-2006da beş öyinda qatnaşgan, golli harakatlar amalga oşirmagan. Italiya termasi bilan jahon çempionatida ğolib çiqqaç, korrupsiya mojarosi va «Yuventus» quyi ligaga tuşirib yuborilgaç ham turinliklar uçun öynaşda davom etdi va B Seriyada çempion böldi.
Hozirda Kamoranezi murabbiylik faoliyatini boşlagan. Uning ilk urinişlari muvaffaqiyatli keçmayapti: 2021 yil fevralida «Maribor»dan iste'foga çiqarilganidan buyon u işsiz yuribdi.
Hujumçi: Françesko Totti, 44 yoş
Foto: ROBERT CIANFLONE / CLAUDIO VILLA/GETTY IMAGES
Totti jahon çempionatini ötkazib yuborişi ham mumkin edi, u turnir startidan bir neça hafta oldingina jarohatidan soğayib, maşğulotlarga kirişadi. Françesko Germaniyada yorqin öyin namoyiş etmagan, ammo baribir gol urgan — Avstraliyaga qarşi öyinning 90+5-daqiqasida penaltidan gol urib, jamoani çorakfinalga olib çiqqan. Fransiyaga qarşi öyin yakunlangaç, Totti maydonda yiğlagandi.
«Bunday emotsiyadan keyin terma jamoa bilan qanday xayrlaşasan? Bir tomondan, jahon çempioni sifatida ketiş – juda çiroyli. Boşqa tomondan, bunday fonda yana va yana öynaging keladi. Şu tufayli hozir ketişim ellikka ellik. Men jamoamizga 10 ballik tizimda 10 ball qöygan bölardim, özim esa «yetti»ga öynadim. Qişdagi oğir jarohatim asoratlari tufayli bundan ortiğini qila olmayman. Zidan haqidagi fikrimmi? U jahonning eng yaxşi futbolçilardan biri, u penaltini aynan şunday ijro etib buni yana bir bor isbotladi», – degandi hujumçi.
U baribir terma jamoadagi faoliyatini 2006 yilda yakunladi. «Roma»da esa 2017 yilgaça öynadi (1992 yildan). Futbolçilikdan keyin rimliklar jamoasida ikki yil sport direktori bölib işladi, Totti bu lavozimdan ketgaç 2020 yilda Rimda istiqbolli yoşlarni izlaş uçun ikkita skautlik agentligi oçgan.
Hujumçi: Luka Toni, 44 yoş
Foto: SANDRA BEHNE / EMILIO ANDREOLI/GETTY IMAGES
JÇ-2006 arafasidagi Italiya çempionati mavsumida Toni 38 öyinda 31 gol urib («Fiorentina» safida), eng yaxşi töpurar bölgandi. Luka jahon çempionatida olti öyinda qatnaşdi va Ukrainaga qarşi öyinda dubl qayd etdi. Mundialdan keyin «Bavariya»ga ötdi va u yerda ham barqaror ravişda gol urdi (2007/2008 yilgi mavsumda 24 gol). Öşa mavsumda Toni klublar faoliyatidagi yagona çempionligiga erişib, Bundesliga çempioni bölgan. 2010 yilda Italiyaga qaytib «Roma»da ijara asosida öynagan, keyinroq «Bavariya»dan butunlay ketib, «Jyenoa», «Yuventus», «Al-Nasr» va «Fiorentina» uçun öynagan, faoliyatining sönggi qismini «Verona»da ötkazgan, uç mavsum davomida 48 gol urgan.
U 2016 yilda faoliyatini yakunladi va hozirda televideniyeda ekspert bölib işlamoqda.
Yarimhimoyaçi: Daniele De Rossi, 37 yoş
Foto: GIUSEPPE CACACE / CLAUDIO VILLA/GETTY IMAGES
De Rossi JÇ-2006da boşlanğiç tarkib futbolçisi bölişi kutilgandi. Ammo AQŞga qarşi öyinda qizil kartoçka olgan Daniele tört öyinga diskvalifikatsiya qilinadi. Yakunda u faqat finalga kelib maydonga qaytadi, u zaxiradan öyinga qöşilib, öyindan keyingi penaltilar seriyasida aniq harakat qiladi. De Rossi ham Totti kabi futbolçilik faoliyatini «Roma»ga bağişladi va bu jamoada 2019 yilga qadar qoldi.
2021 yil martida jahon çempioni Italiya termasida Roberto Mançinining murabbiylar ştabiga kirdi. U Yevropa çempionatida yana bir medal olişi aniq (2012 yilgi çempionatda kumuş bölgan), bu safar qanday medal bölişi yaqin orada aniq böladi.
Hujumçi: Vinçenso Yakvinta, 41 yoş
Foto: ANDREAS RENTZ / MASSIMILIANO FERRARO/GETTY IMAGES
Hayratlanarlisi, Yakvinta futbolçilik faoliyatida ikki marta sovrin kötargan – 2012/2013 yilgi mavsumda «Yuventus» bilan Italiya çempionligi va 2006 yilgi jahon çempionligi. Hujumçi ikki bor mundialga borgan va ikki safar ham terma öyinida muhim rol bajargan. 2006 yilda Vinçenso Gana darvozasiga ikkinçi golni urgan va turnirda jami beş öyin ötkazgan (yarimfinal va finalda ham). Tört yil ötib forvard Yangi Zelandiyaga qarşi öyinda penaltidan gol urgan, ammo öşanda italiyaliklar guruhda qolib ketişgandi.
2015 yilda uşbu futbolçiga noqonuniy öqotar qurol saqlaş va Kalabriya mafiyasi bilan aloqadorlik böyiça ayblov e'lon qilinadi. 2018 yil oktyabrida uni ikki yilga ozodlikdan mahrum etişadi. Vinçensoning otasi esa 19 yilga qamalgan.
Hujumçi: Alessandro Del Pero, 46 yoş
Foto: BEN RADFORD / SEBASTIAN REUTER/GETTY IMAGES
Del Pero mundialdagi yetti öyindan beştasida iştirok etgan va Germaniyaga qarşi yarimfinal öyinida 120+1-daqiqada gol urgan (asosiy bölimlarda 0:0, overtaymlar oxiridagi ikki gol bilan 2:0). Finalda Alessandro öyin asosiy vaqti oxirida maydonga çiqqan va öyindan keyingi penaltilar seriyasida penaltini aniq ijro etgan. 2006 yilgi jahon çempionati uning faoliyatidagi sönggi mundial bölib qoladi: Marçello Lippi 2020 yilgi JÇga uni olib ketmaydi.
Hozirda Del Pero restoran biznesi bilan şuğullanmoqda.
Boş murabbiy: Marçello Lippi, 73 yoş
Foto: SHAUN BOTTERILL / LINTAO ZHANG/GETTY IMAGES
Lippining Italiya termasiga birinçi tayinlanişi ikkinçisiga qaraganda muvaffaqiyatli keçgandi. Italiyalik mutaxassis jahon çempionatida ğolib bölgaç, uç kun ötib iste'foga çiqadi. 2008 yilda qaytgan Marçello 31 öyinda mağlubiyatga uçramasdan, rekord qayd etadi. Ammo JAR mezbonligidagi 2010 yilgi jahon çempionatida italyanlar dastlabki turlarda Paragvay (1:1) va Yangi Zelandiya (1:1) bilan durang öynab, uçinçi turda Slovakiyaga mağlub bölgan holda (2:3) guruhda sönggi örinda qoladi. Lippi esa bu muvaffaqiyatsizlik uçun barça mas'uliyatni zimmasiga olgan holda termadan ketadi. Keyinroq «Guançjou Evergrand»ni, undan ham keyin Xitoy termasini boşqaradi.
2019 yil yanvarida Lippi Xitoy milliy jamoasini tark etdi va 2020 yil oktyabrida murabbiylikni butunlay töxtatganini ma'lum qildi: «Men murabbiylik faoliyatimni yakunlayman. Aftidan, yetarli böldi».