Jahon | 00:41 / 29.10.2017
17992
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yirik terakt oldi olindi

Foto: REUTERS/Osman Orsal

Turkiya xavfsizlik kuchlari Istanbulning savdo markazlaridan birida amalga oshirilmoqchi bo‘lgan teraktning oldini oldilar. Ushbu teraktni sodir etishga urinish gumoni bilan IShIDning 4 nafar tarafdori, jumladan 2 ayol qo‘lga olingan.

Ekstremistlar qo‘lga olinish vaqtida qarshilik ko‘rsatishgan. Otishma vaqtida gumonlanuvchilardan biri yaralangan, deb xorijiy OAVga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar shaharning Bayramposha tumanida joylashgan savdo markazida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lishgan.. Jumladan, markaz yoniga qo‘yilgan avtomobillardan birida portlovchi moddalar aniqlangan. 

Bundan bir kun avval Turkiya poytaxti Anqarada 49 nafar xorijlik qo‘lga olingan. Ular Suriya va Iroq hududidagi jangovar harakatlarda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqdalar. Turk maxsus xizmatlari ulardan ba'zilari Turkiya hududida teraktlar amalga oshirishni rejalashtirgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid