Jahon | 19:40 / 30.10.2017
16602
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lovchi samolyot qo‘nish vaqtida falokatga uchrashiga bir baxya qoldi

Zaltsburg aeroportida Polshaning Enter Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti qo‘nish vaqtida xavfli harakatlarni amalga oshirdi. Ushbu holat videoda muhrlandi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Kuchli shamol sabab samolyot qo‘nish vaqtida o‘ng tomonga og‘ib, qanoti bilan uchish-qo‘nish yo‘lagiga tegib ketishiga bir baxya qoldi. So‘ngra samolyot orqa shassisi bilan yerga tegib, yana balandlikka ko‘tarila boshlagan.

Samolyot Zaltsburgda qo‘na olmagan va ekipaj Frankfurtga qaytishga majbur bo‘lgan. Keyinroq aviakompaniya matbuot xizmatida voqea oqibatida hech kim jabrlanmagani ma'lum qilingan.

Mavzuga oid