Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «Liverpul» o‘z maydonida yutqazib 1/4 finalga yo‘l oldi. «Bavariya» 7ta gol urdi, Levandovskida het-trik
Foto: Sky Spors
Yevropa Chempionlar Ligasida 1/4 finalning dastlabki ishtirokchilari aniqlandi.
«Liverpul» o‘z maydonida «Inter»ga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi, ammo safardagi ishonchli g‘alaba evaziga chorakfinalga yo‘llanma oldi.
«Zalsburg» bilan Avstriyada durang o‘ynagan «Bavariya» o‘z maydonida 7ta gol urdi. Levandovski het-trikka, Myuller dublga erishdi.
YeChL. 1/8 final. 8 mart
Javob bahslari
Liverpul — Inter 0:1
Gol: Martines (62).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Roberson, Tiago Alkantara (Henderson, 65), Fabino, Jons (Keyta, 65), Saloh, Mane, Jota (Dias, 83).
Inter – Handanovich, Dumfris (Darmian, 75), de Vrey (D`Ambrozio, 46), Shkrinyar, Bastoni, Perishich, Vidal, Brozovich (Galyardini, 75), Chalxono‘g‘li (Vesino, 83), Sanches, Martines (Korrea, 75).
Ogohlantirishlar: Jota (40), Sanches (45), Vidal (45), Roberson (47), Mane (70), Bastoni (85), Galyardini (90+4).
Chetlatish: Sanches (63).
Birinchi o‘yin — 2:0.
Bavariya — Zalsburg 7:1
Gollar: Levandovski (12 penalti, 21 penalti, 23), Gnabri (31), Myuller (54, 83), Sane (86) — Kergor (70).
Bavariya – Noyyer, Zyule (Nyanzu, 66), Ernandes (Upamekano, 60), Pavar, Gnabri (Sarr, 46), Kimmix, Musiala (Roka, 66), Myuller, Levandovski, Koman (Shupo-Moting, 66), Sane.
Zalsburg – Ken, Kristensen, Veber, Sole (Piontkovski, 46), Ulmer, Kamara (Tijani, 67), Zayvald (Suchich, 46), Kapaldo, Aaronson, Adamu (Kergor, 61), Adeyyemi (Sheshko, 62).
Birinchi o‘yin — 1:1.
Mavzuga oid
16:41 / 10.03.2026
YeChLda pley-off juftliklari. Kimda qanday imkoniyat?
16:22 / 27.02.2026
YeChL qur’asi: «Siti»ga yana «Real» tushdi
11:16 / 25.02.2026
«Budyo-Glimt» ertagi davom etadi. YeChL kashfiyotini yoqtirib qolish uchun 5 sabab
13:39 / 15.02.2026