Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
162 yo‘lovchini o‘z ichiga olgan samolyot Qora dengizga qulashiga oz qoldi
Turkiyaning Trabzon shahrida 162 nafar yo‘lovchini o‘z ichiga olgan samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi va dengizga qulashiga bir baxya qoldi. Anadolu agentligining xabar berishicha, hozirga kelib havo kemasi o‘z faoliyatini tiklagan.
OAVda taqdim etilgan suratlarda samolyotning Qora dengizga qulashiga oz qolganini ko‘rish mumkin.
Voqea Pegasus aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 samolyotining qo‘nish vaqtida ro‘y bergan. Samolyot bortidagi 162 yo‘lovchi, 2 uchuvchi va 4 ekipaj a'zosi evakuatsiya qilingan. Ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
Qutqaruv xizmatlari ehtimoliy yong‘in o‘choqlarini o‘chirishga doir xatti-harakatlarni amalga oshirishdi. Favqulodda holat sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
10:52
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026