3 oktyabrga ötar keçasi Yevropa Çempionlar ligasining guruh bosqiçi 2-turi doirasida yana 4ta guruhda 8ta öyin bölib ötdi.

H guruhi
Lempard bolalarining muvaffaqiyati

Lill — Çelsi — 1:2 (Osimxen, 33 — Abraham, 22. Villian, 77).

Frenk Lempard işonç bildirayotgan yoşlar natija keltirişda davom etmoqda. U özi bilan birga «Derbi»dan olib kelgan Tomori ötgan mavsumda bekorga çempionşipning eng yaxşi futbolçisi bölmaganini isbotlamoqda. U YeÇL öyinida ötgan mavsumda çempionşipning eng yaxşilaridan biri bölgan yana bir futbolçi Abrahamni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqardi. Bu 22 yoşli töpurar hujumçining tuğilgan kuniga sovğa böldi, deyiş ham mumkin.

Öz navbatida «Lill» ham yangi talantlarni kaşf etişdan töxtamayapti. Fransuzlarning yangi iqtidori Luiz Araujuning zarbasi faqatgina Kepaning mahorati tufayli golga aylanmay qolgan bölsa, darvozabon mezbonlarning boşqa bir hujumçisi, Fransiya çempionatining joriy mavsumdagi eng yaxşi töpurari bölib turgan Osimxenning zarbasi qarşisida ojiz qoldi. Lempard jamoasining zaif nuqtasi - himoya çiziği bölib qolmoqda: uning boşqaruvidagi öyinlarning atigi 22 foizidagina jamoa darvoza daxlsizligini saqlay olgan.

Ammo ikkinçi bölimda tajriba yoşlikdan afzalligi öz isbotini topdi. Şu kuni «Çelsi» safida yubiley - 300-öyinini ötkazgan Villian uzoq masofadan havodagi töpni töxtatmasdan bergan zarbasi bilan öyin taqdirini hal qildi. Gazonga sapçib yönalişini özgartirgan bu zarbaga qarşi tajribali darvozabon Manyama heç narsa qila olmadi. Öyinning qolgan daqiqalarida Kepa yana bir neça bor mahoratini namoyiş etişiga töğri keldi, vaziyatlardan birida u Osimxenning oyoqlari ostidagi töpni olib qöydi, öyinning sönggi daqiqalarida esa öz xatosi tufayli xavfli tus olgan hujumni töxtatdi-yu Lempardda turnirdagi ilk ğalaba!

Valensiya — Ayaks — 0:3 (Ziyoş, 8. Promes, 34. van de Bek, 67).

Mezbonlar murabbiyi Denis Çerişev yoki Li Kan Inni emas, Gonsalu Gedeşni öyinning ilk daqiqalaridan maydonga tuşirdi. Lekin aynan uning qanotidan uyuştirilgan hujum gol bilan yakunlandi. «Körşapalaklar» himoyaçilari Ziyoş uzoq masofadan qanday zarba bera olişini unutgan körinişadi.

Gedeş keyinroq raqib jarima maydonida Alvaresni öziga nisbatan fol işlatişga majbur qildi, ammo jamoa penaltisti Dani Parexo 11-metrli jarima zarbasini şunday ijro etdiki, qarşisida futbol emas, regbi darvozasi turgandek. Javob özini köp kuttirmadi, safga qaytgan van de Bek Ispaniyadagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin öz vatanida yana yorqin öyin körsata boşlagan Kuinsi Promesni golli pas bilan ta'minladi. «Ayaks»dagi debyut mavsumida YeÇL startida qatorasiga ikki öyinda gol urgan bu futbolçi Rafael van der Vart va Yari Litmanenning rekordini takrorladi.

«Valensiya» esa öz imkoniyatlarini kökka sovurişda davom etdi. Rodrigo bir neça metr masofadan turib darvoza ustunini nişonga oldi, keyingi vaziyatda Ziyoşning zarbasi ham darvoza tösinidan qaytgani unga taskin bermagani aniq. Ispanlar tanaffusdan keyin ham omad quşini öz boşlariga qöndira olişmadi. Onana rikoşetlardan keyin ikki marta töpni qaytardi va hafta darvozabonlari haftaligida öziga joy kafolatladi. Keyin esa Tadiç heç kim kutmagan vaziyatda orqaça turib van de Bekni raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga çiqardi - 3:0.

N guruhi turnir jadvali

G guruhi
Silvino Nagelsmanni doğda qoldirdi

Leypsig — Lion — 0:2 (Depay, 11. Terre, 65).
Sönggi bir yarim oy davomida ğalaba neligini bilmagan «Lion» Leypsigda uyğondi. Depay raqib himoyaçilari jarima maydoni içida yöl qöygan xatodan unumli foydalandi. Raqibning işongan hujumçisi Timo Verner esa yakkama-yakka vaziyatda darvozabonni aldab öta olmadi, keyin Marselo Poulsenning takroriy zarbasini darvoza çiziği ustidan qaytarib yubordi.

Yulian Nagelsmann jamoasi vaziyat ketidan vaziyat yaratişdi, lekin himoyada juda qöpol xatolarga yöl qöyişdi. Mukiyele Terrega töpni sovğa qilgaç, mehmonlar hisobdagi ustunligini oşirişdi. Umuman olganda, Fransiya çempionatidagi natijalar tufayli tanqid ostida qolgan Silvino germaniyalik hamkasbini tuzoqqa tuşirdi. U öyin oldidan Denayyer yöqligi tufayli uç nafar himoyaçi bilan öynaş ilojsiz ekanini aytgandi, ammo mehmonlar aynan şu sxemada maydonga tuşişdi va raqibning maydondagi joylaşuvini aynan takrorlaşdi.

Zenit — Benfika — 3:1 (1:0)
Gollar: Dzyuba, 22 (1:0). Ruben Diaş, 70 — avtogol (2:0). Ozmun, 78 (3:0). Raul de Tomas, 85 (3:1).

Inqirozdan çiqib keta olmayotgan «Benfika» kutilganidek «Gazprom Arena»da yutqazdi. Faqat öyin oxirida mezbon himoyaçilarning qöpol xatosi portugallarni yirik mağlubiyatdan qutqarib qoldi. Endilikda piterliklar guruh peşqadamligini qölga olişgan.

G guruhi turnir jadvali

F guruhi
Dortmundda töpurar himoyaçi

«Barselona» — «Inter» (2:1) öyini haqida — bu yerda

Slaviya Pr — Borussiya D — 0:2 (Hakimi, 36, 89).

Pragaliklar hozirça mavsum kaşfiyoti bölib turişibdi. Birinçi turda ular «San-Siro»da «Inter»ni mağlub etişlariga bir baxya qolgandi (1:1). Endi esa Germaniyaning eng yaxşi ikki jamoasidan biriga qarşi tengma-teng öyin körsatişdi. Bu öyin davomida «asalarilar» öz jarima maydonlariga qamalib olgan vaqtlar ham böldi, çexlar ikki bor birga-bir vaziyatdan foydalana olişmadi.

Ammo Dortmund şunday jamoaki, unda hatto himoyaçilar ham kiçik şedevrlar qilişga qodir. Hakimi raqibga bosim ötkazib, töpni egallab olgaç raqib jarima maydoniga yorib kirib, himoyaçilardan birini bir harakat bilan yöldan olib, darvozabonni emaklatib aldab gol urişiga şunday ta'rif bersa böladi.

Bunga qadar «Borussiya» Çempionlar ligasida 307 daqiqa davomida gol ura olmay kelayotgandi va marokaşlik legioner «asalarilar»ning golsiz seriyasiga nuqta qöydi. Lyusen Favr Aşraf Hakimining imkoniyatlariga töğri baho bergan holda uni oldinroqqa çiqardi, u ikkinçi bölimda yana Brandtning uzatmasini qabul qilib olib oldinga yugurdi va töpni darvozabonning oyoqlari orasidan ötkazib dublni rasmiylaştirdi.

F guruhi turnir jadvali

Ye guruhi
Kloppni asabiylaşişga majbur qilişdi

Liverpul — Zalsburg — 4:3 (Mane, 9. Roberson, 25. Saloh, 36, 69 — Xvan Xi Çxan, 39. Minamino, 56. Holand, 60).

«Enfild»dagi öyin kutilganidek boşlangandi: Mane şu kuni tuğilgan kunini nişonlayotgan Roberto Firmino bilan devor uslubida harakat qilib, sobiq jamoasi darvozasini işğol etdi. Bu goldan keyin mersisaydliklar yevrokuboklardagi qatorasiga 12-uy ğalabasiga osongina erişişi aniqdek edi.

Ikkinçi golli kombinatsiya yanada çiroyli çiqdi. Roberson hujumni özi boşlab, özi yakunladi, ikkinçi qanot himoyaçisi Aleksandr-Arnold golli pas muallifi. Köp ötmay Saloh hisobni yirik körinişga keltirdi va Çempionlar ligasidagi gollari soni böyiça Maneni yana ortda qoldira boşladi (17-15). Oldinda faqat mazkur yevrokubokda 21 bor raqiblar darvozasini aniq nişonga olgan afsonaviy Stiven Jyerrard qoldi.

«Zalsburg» tanaffusga qadar bitta javob golini urdi va «Enfild»da turnirning ötgan mavsumi boşidan buyon gol urgan ilk jamoa böldi. Mehmonlarning janubiy koreyalik forvardi Xvan Xi Chan bitta çalğituvçi harakat bilan xuddi ösmir bolani aldagandek jahonning eng yaxşi himoyaçisi van Deykni gazonga yiqitdi va keyin töpni osonlik bilan darvoza töriga joyladi.

Ikkinçi bölimning dastlabki 15 daqiqaligida avstriyaliklar jamoasi «Liverpul»ni hisobda quvib yetişga ulgurdi. Birinçi gol muallifi boşqa bir osiyolik hujumçi Takumi Minaminoni golli pas bilan ta'minladi. Beş daqiqa ötib yaponiyalik futbolçining özi endi assistent rolida - u qanotdan taşlab bergan töpni ötgan tur qahramoni, «Genk» darvozasini uç bor işğol qilgan norvegiyalik Erving Holand böş qolgan darvozaga kiritib qöydi. Çempionlar ligasida törtta zarba va törtta gol - aql bovar qilmas statistika! «Liverpul» öz maydonida bu darajadagi jamoadan uçta gol ötkazişi esa haqiqiy fantastika!

Uçinçi golni nişonlaş çoğida mehmon muxlislar tribunasi qarşisiga mehmonlar murabbiyi Jyessa Marş ham yetib keldi. Bu vaqtda kameralar Klopp va uning şogirdlarining bözargan qiyofalarini ham körsatişga ulgurdi.

Öyinda mezbonlar safida Matipning yöqligi bilinib qoldi, uning örnida harakat qilgan Gomez esa şu kuni jamoaning eng kuçsiz nuqtasi edi. 

«Liverpul» maydonida sönggi marta bunday surbetlikka 2014 yili «Real» futbolçilari qodir bölişgandi. Undan oldinroq «Barselona» va «Çelsi» «Enfild»da uçtadan gol ura olgan. Lekin bu top-klublar qayerda-yu, «Zalsburg» qayerda?! Öyinning sönggi qismida himoyaçilar töpni uzoqlaştirişda xatoga yöl qöyişganidan keyin Muhammad Saloh öyin taqdirini hal qilgan golni urgan bölsa-da, Jyessi Marş öz jamoasi bilan faxrlanişi mumkin. Avstriya çempionlari iştirokidagi ikki öyinda jami 15ta gol urildi, bu jamoa öyinlarini endi heç kim ötkazib yubormasa kerak.

Genk — Napoli — 0:0.

Genkdagi öyin natijasi — tur sensatsiyasi böldi. Turnirni Zalsburgda 2:6 hisobida mağlub böliş bilan boşlagan belgiyaliklar favorit jamoaga qarşi tura olişdi. Umuman olganda, «Genk» uçun bu yuksak natija ham emas. Bu jamoa sönggi bor YeÇLning guruh bosqiçida 8 yil muqaddam iştirok etgan, öşanda bu jamoa safar öyinlarida kuraşsiz taslim bölgan bölsada, öz maydonida «Valensiya», «Bayyer» va «Çelsi» bilan keçgan öyinlarda yutqazmagandi. Neapolitanliklar esa qatorasiga uçinçi mavsumda Çempionlar ligasida safar öyinlarida zafar quça olişmayapti (=3-4).

Ye guruhi turnir jadvali