Jahon | 17:00 / 30.10.2017
13020
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yana bir jurnalist ayol prezident bo‘lmoqchi 

Foto: Instagram/KatyaGordon

Rossiyalik jurnalist ayol va huquq himoyachisi Yekaterina Gordon prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmoqda.

"Men, ehtimol, prezident ma'muriyati bilan muvofiqlashtirilmagan yagona nomzod bo‘laman", - deyiladi "Katya Gordon" rasmiy saytida joylashtirilgan bayonotda.

Jurnalist o‘z dasturida ayollar va bolalar huquqlariga ko‘proq e'tibor qaratish niyatida.

"Men hech qachon ovoz bermaganman va hozir, o‘z qarashlarim tufayli bu huquqdan foydalanmoqchiman hamda huquqlari buzilgan ayollarning ovoziga aylanmoqchiman", - deya ta'kidlab o‘tdi Gordon.

Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, saylovlarda qaysidir partiyadan ishtirok etmaydi. "Men o‘z nomzodimni o‘zim ilgari suraman", - deya javob berdi Gordon bu haqdagi tegishli savolga.

Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2018 yilda bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish rejasi borligi haqida RLDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy, “Yabloko” partiyasi asoschilaridan biri Grigoriy Yavlinskiy aytib o‘tdi. "Adolatli Rossiya" va Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi nomzodlarni ilgari surish masalasini o‘z qurultoylarida hal etadi. Shuningdek, teleboshlovchi Kseniya Sobchak, siyosatshunos Andrey Bogdanov va “Biznikilar” harakati ta'sischilaridan biri Boris Yakemenko ham o‘z nomzodini qo‘yishni mo‘ljallagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid