O‘zbekiston | 17:40 / 31.10.2017
4369
2 daqiqa o‘qiladi

Komilov Kanada delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi 

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yil 31 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Kanada Tashqi ishlar, savdo va rivojlanish vazirligining Sharqiy Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha Byurosi bosh direktori Alison LeKlaire boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Bo‘lib o‘tgan suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanish istiqbollari hamda BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalar muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, tomonlar siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish barobarida birgalikda to‘plangan tajriba turli sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va ushbu sohalarda aniq yo‘nalishlarni belgilash uchun faol mexanizm sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli savdo aloqalarini kengaytirish va Kanada kapitali ishtirokida yuqori texnologik investitsion loyihalarni amalga oshirishda keng imkoniyatlar mavjudligi tasdiqlandi.

Shuningdek, tomonlar xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashdilar. 

Shu kuni Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning yettinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda Kanada elchisi Jon Ronald Kyor ham ishtirok etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid