Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘onistondan Eronga temir yo‘li barpo etadi
O‘zbekiston va Afg‘oniston qator hujjatlarni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi doirasida amalga oshiriladi.
Ma'lumki, Afg‘oniston davlat rahbari noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi buyurishi haqida avval xabar berilgan edi.
Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi rasmiy vakili Sayam Pasarlayning aytishicha, mazkur tashrif chog‘ida O‘zbekiston va Afg‘oniston 16 ta anglashuv memorandumini imzolaydi.
Bu hujjatlar orasida Mozori Sharifdan Hirotga va Mozori Sharifdan Qunduzga cho‘ziladigan temir yo‘lini qurish bo‘yicha memorandum ham bor. Ushbu loyiha Afg‘onistonning 4 mintaqasidan o‘tadi.
O‘zbekiston esa bu loyihadan manfaatdordir, deb yozadi nashr. Afg‘oniston temir yo‘l ma'muriyati rahbarining o‘rinbosari Abdulboriy Siddiqiyning qayd etishicha, loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonning bevosita Eron portlariga chiqish imkonini beradi.
Loyiha O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Eron va Xitoy o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlashni kuchaytiradi.
Imzolanishi kutilayotgan hujjatlar, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tranzit va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish borasidagi muammolarni hal etishga turtki beradi.
Mavzuga oid
10:50
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026