Jahon | 23:37 / 01.11.2017
5669
1 daqiqa o‘qiladi

Dubaydagi maktablarda quyosh panellari o‘rnatiladi

Foto: AP Photo / Kamran Jebreili

Dubay "Quyosh maktablari" (Solar Schools Project) loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda. Unga ko‘ra, keyingi yilda elektr energiyani tejash maqsadida maktablar va universitetlarda quyosh panellari o‘rnatiladi, deb xabar bermoqda Arabian Business nashri.

Birinchi bosqichda 2018 yilning boshida quyosh panellari 10 ta xususiy maktabda o‘rnatiladi. 2020 yilga kelib bu texnologiyani qo‘llab-quvvatlovchi ta'lim muassasalari soni 100 taga yetadi. Panellar bepul o‘rnatiladi va maktablar ular evaziga elektr energiya uchun to‘lanadigan haqni 20 foizga tejay oladi. 500 kilovattlik 2 mingta panel maktab tomi yoki avtoturargohda o‘rnatiladi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid