Sport | 08:35 / 01.11.2017
9354
3 daqiqa o‘qiladi

«PSJ» va «Bavariya» muddatidan oldin vazifani uddaladi

Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi 4-turida B guruhida o‘tgan uchrashuvlardan keyin 2 jamoa keyingi bosqichga muddatidan avval chiqib bo‘ldi. «PSJ» va «Bavariya» o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi va turnirning nimchorak finalidagi ishtirokni kafolatlashdi. 

Parijliklar o‘z maydonlarida «Anderlext»ni qabul qildi. Maydon egalari ishonchli o‘yin namoyish etib, 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Parijliklar klubi himoyachisi Leyvin Kurzava het-trikni rasmiylashtirdi, Marko Verratti va Neymar ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozishdi.

Jamoalarning avvalgi turda Belgiyada o‘tgan o‘yinida ham parijliklarning yirik hisobdagi g‘alabasi qayd etilgandi (4:0). Shu tariqa, «PSJ» turnirda gol o‘tkazmagan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda, o‘z navbatida, «Anderlext» o‘zining ilk golini hali urmadi.

Guruhda parallel kechgan ikkinchi uchrashuvda «Bavariya» «Seltik» mehmoni bo‘ldi. Birinchi bo‘limda myunxenliklar futbolchisi Kingsli Koman jamoasini oldinga boshladi. 74-daqiqada maydon egalari Kallum Makgregorning aniq harakatlari evaziga hisobni tenglashtirishdi. Ammo Yupp Xaynkes shogirdlari barcha masalani shu kuni hal qilishga qaror qilishdi va 77-daqiqada Xavi Martines g‘alaba golini urdi — 2:1. «Bavariya» ham keyingi bosqichda.

B guruhida 4-tur o‘yinlaridan keyin «PSJ» — 12 ochko bilan birinchi, ikkinchi o‘rindagi «Bavariya» hisobida — 9 ochko, «Seltik»da — 3 ochko bor, «Anderlext»da barchasi — 0.

Yevropa Chempionlar ligasi
4-tur
PSJ – Anderlext 5:0
(2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 30 Verratti, 2:0 – 45 Neymar, 3:0 – 52 Kurzava, 4:0 – 72 Kurzava, 5:0 – 78 Kurzava.
PSJ – Areolya, Dani Alves, Markinos, Tiago Silva, Kurzava, Verratti (Lo Chelso, 64), Rabo (Pastore, 76), Draksler, Mbappe (Di Mariya, 64), Kavani, Neymar.
Anderlext – Buks, Appia, Mbodji, Spayich (Jozue Sa, 45), Obradovich, Dendonker, Kums, Trebel, Gerkens, Xanni (Teodorchik, 60), Onekuru (Stanchu, 79).

Seltik – Bavariya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 22 Koman, 1:1 – 74 Makgregor, 1:2 – 77 Martines.
Seltik – Gordon, Forrest, Lyustig, Boyata, Biton, Tirni, Makgregor, Braun, Armstrong (Griffits, 79), Sinkleyr (Rogich, 64), Dembele.
Bavariya – Ulrayx, Rafinya, Boateng, Zyule, Alaba, Tolisso (Kimmix, 83), Martines, Vidal (Rudi, 59), Robben (Alkantara, 90), Xames, Koman.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid