Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik xizmat xodimlari lavozimlariga tayinlash uchun suhbatdan o‘tkazildi
Adliya vazirligi tomonidan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi yuridik xizmati bo‘lim boshlig‘i lavozimiga kelishish uchun taqdim etilgan nomzod Uchqun Husanov va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti lavozimiga kelishish uchun taqdim etilgan nomzod Daniyar Rahimov tavsiya etilgan lavozimga layoqati va kasbiga munosibligini aniqlash maqsadida suhbatdan o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida ularning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha bilimlari o‘rganildi.
Nomzodlarning bilimi, shuningdek ish tajribasi hisobga olinib, ular suhbatdan o‘tgan deb topildi.
Mavzuga oid
10:50 / 16.03.2026
Infratuzilma dasturidagi taqsimlanmagan mablag‘lar endi yangi tartibda ajratiladi
09:06 / 12.03.2026
Havodagi harakatni boshqarishga oid ayrim talablar bekor qilindi
09:13 / 06.03.2026
Xorijiy avtoulovlar uchun “tonirovka” bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
14:11 / 27.02.2026