Jahon | 12:00 / 02.11.2017
11574
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkongda osmono‘par imorat 5,15 mlrd. dollarga sotildi

Foto: South China Morning Post

Hongkongda qiymati 5,15 mlrd. AQSh dollari bo‘lgan osmono‘par imorat sotildi, bu dunyo bo‘yicha ko‘chmas mulk bozoridagi rekordga aylanishi mumkin, deb yozmoqda South China Morning Post gazetasi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, osmono‘par imorat CK Asset holdingiga tegishli bo‘lgan, qarorgohi Pekinda joylashgan CHMT Peaceful Development konsorsiumi esa xaridorga aylangan.

«Bu shuni ko‘rsatadiki, Hongkongdagi tijoriy ko‘chmas mulk bozori hamon raqobatbardosh va yuqori narxlardan zarar ko‘rishi ehtimoldan uzoq bo‘lib qolmoqda», - deya Colliers International’ning Osiyoda baholash hamda maslahat berish bo‘yicha boshqaruvchi direktori o‘rinbosari Vinsent Chungning so‘zlarini keltiradi gazeta.

Ta'kidlanishicha, CK Asset egasi Li Kashin Hongkongdagi eng badavlat insonlardan biri ham sanaladi.

Mavzuga oid