Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda metroning barcha stansiyalari metall qidirgichlar bilan jihozlanadi
2018 yilda Toshkent metrosining barcha stansiyalarida metall qidirgich qurilmalari o‘rnatiladi. Bu haqda press-klubning navbatdagi uchrashuvida Toshkent metrosining bosh muhandisi Baxtiyor Sodiqov ma'lum qilgan.
Barcha metro stansiyalari metall qidirgichlar bilan jihozlanishi rejalashtirilmoqda. Bu chora yo‘lovchilar xavfsizligini oshirishi va ichki ishlar xodimlari ishini samaraliroq qilishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda bu qurilmalarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan takliflar ko‘rib chiqilmoqda va ularning yetkazib berilishi muhokama qilinmoqda. Sodiqovning ta'kidlashicha, poytaxt aholisi metall qidirgichlarning bir necha namunalarini “Bunyodkor” stansiyasida ko‘rishga muvaffaq bo‘lishgan. Qurilmalar bu yerda sinovdan o‘tkazilgan. Biroq qurilmalarni xarid qilish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan va ularni o‘rnatishning aniq muddatlari belgilanmagan.
Mavzuga oid
11:17 / 18.05.2021
Toshkent metrosi ish vaqti o‘zgarmoqda
23:32 / 29.04.2021
Metropoliten: Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini ko‘rgani uchun poyezdni to‘xtatgan
19:16 / 28.04.2021
Toshkent metrosida yana favqulodda holat yuzaga keldi
09:44 / 27.12.2020