Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH hukumat rahbarlari Toshkentda qanday mavzularni muhokama etadi?
3 noyabr kuni Toshkent shahrida boshlangan MDH a'zo davlatlari Hukumat raislarining navbatdagi yig‘ilishida 18ta turli hujjat loyihalari muhokama etilishi kutilmoqda. Kun davomida tor va kengaytirilgan tartibda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilishlarda iqtisodiy hamkorlik masalalariga oid savollar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar kelgusi tadbirning o‘tkazilish sanasi hamda joyini aniqlashadi.
Bugungi yig‘ilish davomida MDH Hukumat rahbarlarining xalqaro kartellarga qarshi samarali kurash yo‘lida kuchlarni birlashtirish to‘g‘risidagi bayonoti ko‘rib chiqiladi. Unda sof raqobat sharoitini buzish, a'zo davlatlar iqtisodiy rivojlanishiga raxna solib turgan xalqaro kartellar faoliyatiga baho berib, nomaqbul o‘sib borayotgan, tan olingan xalqaro konvensiya shartlarini buzib kelayotgan iqtisodiy faoliyat turiga xalq va davlat manfaatlari yuzasidan MDH a'zo davlatlaridagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama etiladi.
Shuningdek, 2011 yil 18 oktabrda qabul qilingan Erkin savdo hududi shartnomasida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning amaliyotga joriy etib borilishi va muvaqqat rejalari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu o‘rinda o‘tgan bir yil mobaynida a'zo davlatlar orasida ayrim turdagi import tovarlarga nisbatan bojxona solig‘i, o‘zaro savdo aloqalarida antidemping va kompensatsion, maxsus himoya choralari kamaytirilgani inobatga olinmoqda.
Tashkilotga a'zo davlat o‘rtasida logistika va transport tashuvi sohasida hamkorlik va rivojlanish bosqichini yangi darajaga olib chiqish shartlari ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, Mustaqil davlat hamdo‘stligi makonidagi mamlakatlarning o‘zaro hamkorlikda qurishi kutilayotgan suv inshootlar, meliorativ tizimlar muhokama etiladi hamda uning huquqiy asoslari o‘rganiladi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025