Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin bilan uchrashmoqchi
Foto: RIA "Novosti"
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Vetnamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammiti maydonlarida uchrashishi mumkin.
«Bu juda muhim safar. Biz Putin bilan uchrashishimiz mumkin... bu juda muhim. Ular bizga Shimoliy Koreya, Suriya bo‘yicha yordam berishi mumkin. Biz Ukraina haqida ham gaplashib olishimiz kerak», - deya aytib o‘tdi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi davlatlari rahbarlarining sammiti 6-11 noyabr kunlari Vetnamning Danang shahrida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Oq uy rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Herbert Makmaster Putinning Tramp bilan uchrashuvi masalasi hozircha hal etilmaganini ma'lum qilgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham OTIH sammitida mamlakatlar rahbarlarining muzokaralari haqida aniq ma'lumot yo‘qligini aytgandi.
Bundan avval Tramp va Putin iyul oyida G20 sammiti doirasida Germaniyada uchrashishgandi.
Mavzuga oid
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
09:26 / 05.01.2026
Tramp RFning Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapti
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025