Jahon | 00:42 / 04.11.2017
30966
3 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atamboyev talasliklar oldida uzr so‘rashni o‘ziga ep ko‘rmadi

Foto: Kloop.kg

«Almazbek Atamboyev talasliklar oldida kechirim so‘ramaydi», — degan «24.kg» axborot agentligiga davlat rahbari devoni rahbari Almaz Usenov.

Agentlikning eslatib o‘tishicha, bo‘lib o‘tgan mitinglarda Talas aholisi prezidentdan omma oldida kechirim so‘rashni talab qilib chiqqan. Biroq, Usenovning ta'kidlashicha, bu vaziyatda Talas aholising o‘zi uzr so‘rashi kerak.

«Miting qilayotganlarning xulq-atvori — qattiq taasuf keltirib chiqaruvchi, chidash qiyin bo‘lgan faktdir. 16 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan avvalgi mitingda asosan sportcha gavdaga ega bo‘lgan, mutlaqo madaniyatsiz yosh yigitlar qatnashgan. Miting qilganlar Manasning o‘limoldi so‘zlarini eshitishdan bosh tortgani uchun uzr so‘rashlari kerak, strelkani ijodkor va iqtidorli kishilarga boy bo‘lgan Talas aholisiga qatarmasliklari lozim. «Manas» eposi qirg‘iz xalqi uchun muqaddas. Musulmonlar uchun eng muqaddas narsa — Qur'on. Agar oblast imomi Qur'ondan suralar o‘qiganida mitingdagilar hushtakboo‘lik qilishganida, ularni o‘z dinini hurmat qilmaydigan, musulmonchilikdan chiqqan kishilar hisoblashardi. Shunday emasmi?», — degan Almaz Usenov.

Uning fikricha, Almazbek Atamboyev miting qatnashchilarining xatti-harakatlari xususida o‘z fikrini to‘g‘ri bayon etgan. «Babanovchilar bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishlari kerak va munozara mavzusini boshqa yo‘lga burib, xalqni junbushga keltirmasliklari lozim. Ajdodlarimiz «Manas» dostonini sutkalab eshitishganlarini yodga oling. Manasning vatanida afsonafiy dostonni eshitishdan kimdir bosh tortishi, unga qarshi hushtakbozlik qilishi va so‘kinishi mumkinligini xayolga sig‘dirib bo‘ladimi?», — deya savol bergan Almaz Usenov.

Eslatib o‘tamiz, 29 oktabr kuni Talasda miting bo‘lib o‘tdi. Uning qatnashchilari davlat rahbari oblast aholisidan kechirim so‘rashi kerakligini talab qilib chiqishgan. Ularning fikricha, 18 oktabr kuni Bishkekda a'lochi talabalarga stipendiyalar taqdim etish marosimida Atamboyev 16 oktabr kungi miting qatnashchilarini adolatsiz ravishda tanqid qilgan. O‘shanda prezidentlik saylovi yakunlaridan ko‘ngli to‘lmaganlar norozilik aksiyasiga chiqishgan edi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid