Daniyaning migratsiya bo‘yicha vaziri muhojirlardan qochib qoldi (video)
Daniyaning muhojirlik va integratsiya masalalari bo‘yicha vaziri Inger Stoyberg boshpana taqdim etish bo‘yicha rad javobi berilgan migrantlarni saqlash joyidan qochib qolishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Local.
Stoyberg markazga DR telekanali dasturini suratga olish uchun kelgan va rad javobini olgan oilalardan biri bilan suhbatlashgan. Biroq shundan so‘ng uni boshqa migrantlar o‘rab oldi: kimdir vazir bilan muloqotda bo‘lganlarga boshpana berilishi haqida mish-mish tarqatgan. Natijada Stoybergning tansoqchilari uni olib ketish haqida qaror qabul qilishgan.
Voqea joyidan olingan rolikda ko‘rish mumkinki, vazir bo‘lgan avtomobilning ketishi chog‘ida yosh ayol kapotga sakragan, so‘ng yerga yiqilgan.
"Men shuni ko‘rdimki, norozi bo‘lgan ayol mashina oldiga yiqildi va unga, ehtimol, avtomobil tegib ketgan", - deya ta'kidlab o‘tdi vaziyat yuz bergan joyda bo‘lgan jurnalist Martin Torp.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Stoybergning o‘zi esa migrantlarni saqlash markazidagi holatni "tajovuzkor va shafqatsiz" deb atadi.
Mavzuga oid
21:04 / 05.11.2024
Daniyalik siyosatchi musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoqqa hukm qilindi
12:00 / 30.10.2024
AQSh Davlat departamenti Daniyaga "havo-havo" raketalarini sotishni ma’qulladi
13:50 / 25.10.2024
O‘zbekistondan Daniya va Norvegiyaga milliy mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi
23:11 / 14.10.2024