Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sichqonlarni saratondan to‘liq forig‘ qilishga muvaffaq bo‘lindi
Foto: Wikimedia Commons
Sloun nomidagi Memorial onkologik markaz va MTI mutaxassislari yo‘g‘on ichak saratonini davolash uchun yadroviy tibbiyotdan foydalanishdi va sichqonlarda tadqiqot o‘tkazib, organizmga hech qanday xavfli ta'sirlarsiz 100 foiz darddan forig‘ bo‘lishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bunga qadar qattiq o‘simtalarning radioaktiv izotoplar orqali immunoterapiyasi har doim ham ijobiy natija ko‘rsatmagan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi usulning muvaffaqiyati ular tomonidan ishlab chiqilgan o‘ziga xos sifatga ega reagentlar va teranostikani (farmatsevtik preparatlarni yaratishga yangicha yondashuv) qo‘llash natijasidir.
Teranostika erta diagonostika usullarini terapiya bilan birlashtiradi va ikki maqsadga erishishda bir preparatni qo‘llaydi. Teranostik agent dastlab saraton hujayrasiga kirib boradi, so‘ngra sog‘liqqa ziyon yetkazmay va aks ta'sirlarni kamaytirgan holda uni yo‘q qiladi.
AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, kolorektal saraton o‘z ko‘lamiga ko‘ra uchinchi eng ko‘p tarqalgan saraton turi hisoblanadi. Qo‘shma Shtatlarda yiliga 50 ming kishi shu kasallik natijasida hayotdan ko‘z yumadi.
Mazkur davolash usulini saratonning boshqa turlariga nisbatan ham qo‘llash mumkin. "Agar klinik sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, bu onkobemorlarni davolashda samarali usullar qatorini boyitadi", - deydi tadqiqotchi Stiven Larsen.
Mavzuga oid
22:17 / 23.01.2026
Olimlar videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiyatiga zararini rad etdi
17:19 / 20.01.2026
Tadqiqot: noteng daromadlar siyosiy beqarorlikka olib boradi
11:04 / 23.12.2025
Noyabr oyida avtobozor: sotuvlar tendensiyasi va asosiy ko‘rsatkichlar
14:47 / 22.12.2025