Jahon | 17:03 / 04.11.2017
46401
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya: AQSh orzu qilmasa ham bo‘ladi

Foto: Reuters

Koreya markaziy telegraf agentligining (KMTA) xabar berishicha, “AQSh Shimoliy Koreyani yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha muzokaralar haqida orzu qilmasa ham bo‘ladi”. Eslatib o‘tamiz, KMTA o‘z bayonotlari va izohlarida Shimoliy Koreya davlat siyosati pozitsiyasini aks ettiradi.

"Hozir, KXDR o‘z yadroviy kuchlarini butunlay yaxlit bir holatga keltirish bo‘yicha yakuniy maqsadiga yaqinlashib qolganida, AQSh Shimoliy Koreya ularning gangsterlarcha talabiga javob qaytarishi haqidagi fikrdan uzoqlashishi kerak. Xususan, ular yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha muzokaralar haqida orzu ham qilmasa bo‘ladi. KXDR uchun bu yadroviy bosib turish hamda o‘zini himoya qilishning ortga qaytarib bo‘lmaydigan usulidir", - deyiladi bayonotda.

Shuningdek ta'kidlanishicha, "KXDR yadroviy bosib turish to‘g‘risidagi masalani hech qachon muzokaralar stoliga olib chiqmaydi va AQShning KXDRga qarshi dushmanlik kayfiyatidagi siyosati hamda yadro tahdidi yo‘qolmaguncha o‘z yadroviy kuchlarini mustahkamlash yo‘lidan chekinmaydi".

Shu bilan birga, KMTAning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya "muloqotdan bosh tortayotgani yo‘q, biroq mamlakat manfaatlari va xalq xavfsizligiga aloqador bo‘lgan masalani savdolashish buyumiga aylantirmaydi".

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid