Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda Telegram va WhatsApp vaqtinchalik to‘sib qo‘yildi
Illyustrativ foto
Afg‘oniston hukumati mahalliy internet-provayderlarga texnik muammolar sababli Telegram va WhatsApp messenjerlarini to‘sishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.
“Biz yangi texnologiyalarni sinamoqdamiz, shu sababli WhatsApp va Telegram vaqtinchalik to‘silishi kerak», deb aytgan Afg‘oniston kommunikatsiyalar va axbot texnologiyalari vazirligi matbuot kotibi. Ushbu ko‘rsatma 1 noyabrdan 20 noyabrgacha amal qiladi.
Vazirlikda aytilishicha, dasturlardan foydalanishni taqiqlash foydalanuvchilarning taqdim qilinayotgan xizmatlardan qoniqmayotganlari bilan bog‘langan. Ta'kidlanishicha, ushbu chora so‘z erkinligini cheklashga qaratilmagan, chunki Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari ishlashda davom etmoqda.
Telegram va WhatsApp Afg‘onistonda ommaviy messenjerlar bo‘lib, ulardan “Tolibon” jangarilari ham foydalanishadi.
Mavzuga oid
10:22 / 11.04.2026
Telegram Rossiyada deyarli to‘liq bloklandi
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026