Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konte «Chelsi»ni tark etadi. Uni yangi klub kutmoqda
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte «Milan» bosh murabbiyi Vinchentso Montellaning o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, «rossonerlar»ning amaldagi murabbiyi Italiya A seriyasining 12-turidan o‘rin olgan «Sassuolo»ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan taqdirda iste'foga chiqarilishi kutilmoqda.
Konte ham «Chelsi»dan ketish xavfi ostida turibdi va yaqin vaqtlar ichida uning ham London klubidan bo‘shatilishi taxmin qilinmoqda.
Qayd qilinishicha, «Milan»ni boshqarish uchun Kontedan tashqari «Bavariya» sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham da'vogar sifatida qaralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich «Chelsi» — «Manchester Yunayted» o‘yinidan so‘ng mehmonlarning portugaliyalik ustozini kechki tushlikka taklif qilgan.
Mavzuga oid
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
19:09 / 20.11.2024
Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi
12:12 / 23.04.2024