Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maltsev Rossiyada inqilob va'da qilgan kunda yuzlab kishilar qo‘lga olindi
Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar, Krasnoyarsk, Perm va Rostov-na-Donda kamida 237 kishi politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda «OVD-Info» xabar tarqatdi.
Qo‘lga olinganlarning asosiy qismi — 212 nafari Moskvada.
Qo‘lga olinganlarning ko‘pchiligi yonidan taqiqlangan buyumlar topilgan (pichoqlar, kastetlar va boshqa jarohat yetkazuvchi qurollar). Ayni vaqtda Manej maydoni politsiyachilar tomonidan o‘rab olingan, «Oxotnyy Ryad» va «Ploshchad Revolyutsii» metro bekatlariga kirish cheklangan.
2013 yildan buyon o‘z harakatini («Artpodgotovka») targ‘ib qilib kelayotgan muxolifatchi Vyacheslav Maltsev 2017 yilning 5 noyabrida inqilob va'da qilgandi. Shu kuni Moskvada yuzlab kishilar namoyishga chiqishdi.
Maltsev Saratov viloyatidan bo‘lgan siyosatchi.
Ivan Sekretarev / AR / Scanpix / LETA
U o‘zining radikal qarashlari bilan internetda mashhur bo‘lgan. Boshqa bir muxolif siyosatchi Aleksey Navalnyy Maltsevni faol ravishda qo‘llab-quvvatlaydi. Ikki siyosatchining auditoriyasi deyarli bir xil, 7 oktabr kuni Moskvada o‘tkazilgan miting vaqtida namoyishchilar «5 noyabr revolyutsiyasi»ni ham muhokama etishgandi.
26 oktabr kuni Krasnoyarsk sudi «Artpodgotovka» harakati faoliyatini taqiqlab, bu guruhni ekstremistik tashkilot sifatida e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026