O‘zbekiston | 15:40 / 05.11.2017
14084
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan hamkorlik haqidagi kelishuvni ma'qulladi

Foto: UzDaily

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida tuzilgan Soliq qonunchiligiga rioya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

O‘zbekiston rahbari 1 noyabr kuni «Xalqaro kelishuvni tasdiqlash» to‘g‘risidagi qarorini imzolagan. Bu qaror bilan hukumatlararo kelishuv tasdiqdan o‘tkazilgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bu hujjat shu yilning 5 sentabrida O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga tashrifi vaqtida, Bishkek shahrida tuzilgandi.

O‘zbekiston rahbari Tashqi ishlar vazirligiga bu borada qo‘shni davlat hukumatini xabardor qilishni ko‘rsatma qilgan, bu jarayondan keyin xalqaro kelishuv kuchga kirdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid