Jahon | 12:10 / 06.11.2017
24496
1 daqiqa o‘qiladi

OAV Texas mergani haqidagi ma'lumotlarni aniqladi

Foto: © Twitter

Amerikaning Texas shtati Sazerlend-Springs shaharchasida ommaviy qotillikni sodir etgan Devin Patrik Kelli 2010 yildan 2014 yilgacha AQSh harbiy-havo kuchlarida xizmat o‘tagan. Bu haqda CBS News telekanali xabar tarqatdi.

Kelli 2010 yildan 2014 yilgacha AQSh harbiy-havo kuchlarida xizmat o‘tagan. Telekanal ma'lumotiga ko‘ra u 2014 yil mayida ishdan haydalgan va tribunalga yuborilgan.

Kelli aynan qanday jinoyat sodir etgani va unga qanday jazo berilgani haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u hech qanda terrorchi tashkilot a'zosi bo‘lmagan.

5 noyabr kuni Amerikaning Texas shtati Sazerlend-Springs shahrida qurollangan erkak baptistlar cherkovi dindorlarini o‘qqa tutdi. Ushbu ommaviy qotillik oqibatida 26 kishi halok bo‘lib, yana 20 ga yaqin kishi yaralandi. Qotillik sodir etgan shaxs mashinasidan jonsiz holda topildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid