Saudiyalik shahzodalarga ayblovlar qo‘yildi
Saudiya Arabistonida qo‘lga olingan shahzodalarga nisbatan korrupsiya, qo‘shib yozish, pul yuvish hamda vakolatni suiiste'mol qilish ayblari qo‘yilgan. Bu haqda saudiyalik amaldorga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatdi.
Hozircha bu ma'lumot rasman tasdiqlanmagan.
Xabarda keltirilishicha, shahzoda al-Volid ibn Talal (U Forbes reytingida 45-milliarder hisoblanadi) poraxo‘rlik, firibgarlik va pul yuvishda ayblanmoqda. Avvalgi qirolning o‘g‘li Muteb kamomad, davlat mablag‘ini o‘zlashtirish va o‘z ta'siridan foydalangan holda biznes yuritishda ayblanmoqda.
Ar-Riyodning sobiq gubernatori shahzoda Turkiga esa metropoliten qurilishida poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ygani bo‘yicha ayblov ilgari surilgan. Mamlakatning sobiq moliya vaziri Ibrohim al-Assafa Makkadagi al-Haram masjididagi qurilish ishlari vaqtida davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda.
5 noyabr kuni Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari (OAV)da 11 shahzoda va o‘nlab sobiq hamda amaldagi vazirlarning qo‘lga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Milliy gvardiya va harbiy-dengiz flotining nufuzli rahbarlari o‘z lavozimlaridan chetlatilgani ma'lum qilingan.
Hibsga olish ishlari Aksilkorruptsion qo‘mita tashkil etilishi ortidan ro‘y berdi. Qo‘mitaga qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning o‘g‘li Muhammad bin Salmon rahbar etib tayinlangan. Ma'lumotlarga ko‘ra, shu orqali bo‘lajak qirol o‘z hokimiyatini mustahkamlamoqda.
Mavzuga oid
15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat
14:30 / 01.10.2024
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Saudiya investitsiyalar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
19:43 / 29.09.2024
Saudiya Arabistonida 2024 yilda qancha inson qatl etilgani ma’lum bo‘ldi
12:40 / 27.09.2024