Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘zbek-koreys biznes-forumi bo‘lib o‘tadi
8 noyabrda Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasining “Amir Temur” zalida O‘zbekiston-Janubiy Koreya biznes-forumi va kooperatsion birjasi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Janubiy Koreyaning 24 ta kompaniyasi ishtirok etadi.
Tadbirdan maqsad koreyalik hamkorlarni O‘zbekistonda biznes va qo‘shma kooperatsiyani yuritish uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar va sharoitlar bilan tanishtirishdan iborat.
Janubiy Koreya delegatsiyasi tarkibiga qurilish, oziq-ovqat, savdo majmualarini qurish va boshqarish, zargarlik buyumlari, tibbiyot uskunalari, gaz-ballon qurilmalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, penopolistiroldan qoplar ishlab chiqarish uchun xom ashyo ishlab chiqarish, to‘qimachilik va to‘qimachilik mashinalari, logistika, meva-sabzavot va muzlatilgan mahsulotlarni qayta ishlash, meva sharbatlari ishlab chiqarish sohalarida mashg‘ul bo‘lgan kompaniyalar vakillari kirgan.
O‘zbekiston kompaniyalari ixtiyoriga Janubiy Koreya kompaniyalari qurilmalarini xarid qilish uchun ajratiluvchi, Koreyaning “Eksimbank” bankining O‘zbekiston Milliy bankidagi kredit liniyalari haqidagi ma'lumot taqdim etiladi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
10:25 / 09.06.2026