Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada kimlar O‘zbekiston nufuziga putur yetkazmoqda?
O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga ishlash uchun ketgan fuqarolar orasida, afsuski, mamlakat nufuziga putur yetkazuvchi shaxslar ham talaygina. Tashqi migratsiya masalalari agentligining 6 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shunga doir ma'lumot berildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Migratsiya bo‘limi boshlig‘i M.Azizov hamda Koreya inson resurslari markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pak San Luning so‘zlariga ko‘ra, quyidagi turdagi shaxslar Koreya Respublikasida O‘zbekiston imidjiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda:
• Til bilmaydigan shaxslar;
• Ko‘p ish o‘zgartiruvchi shaxslar;
• Noqonuniy mehnat faoliyatini yurituvchilar.
Ta'kidlash joizki, 2017 yil boshidan shu kunga qadar Koreyaga jo‘nab ketgan ishchilar soni - 2600 ga yaqin. O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga ketganlar ikki sohada faoliyat yuritadi:
1. Ishlab chiqarish;
2. Xizmat ko‘rsatish.
Janubiy Koreyaga yo‘l oluvchilar E-9 tartibi bo‘yicha qabul qilinadi. E-5 va E-7 bo‘yicha ham vizalar mavjud, biroq ularni Koreyaning o‘zida almashtirish kerak bo‘ladi. Agar ishchi vizalar E-9, E-7, E-5 tartibidan tashqariga chiqsa, fuqaro noqonuniy faoliyat yuritayotgan hisoblanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.
Shunisi diqqatga sazovorki, Janubiy Koreyadan o‘z vaqtida qaytgan fuqarolar uchun hatto mukofot pullari belgilangan. 4 yil davomida Koreyada yaxshi ishlaganlar uchun ham maxsus imtiyozlar mavjud.
Bulardan asosiy maqsad - o‘zbekistonlik fuqarolarning Koreyada malaka oshirishi va o‘z yurtiga qaytgach, u yerda olgan tajribasini O‘zbekistonda tadbiq etishi, mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shishi. Tadbirda ta'kidlanishicha, Koreyada ishlab qaytganlar bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalarda tashkil etilayotgan koreys korxonalarida ham ishlashlari mumkin bo‘ladi. Bularning bari O‘zbekiston imidjini ko‘tarishga yo‘naltirilgan.
Bundan avval Janubiy Koreyaga ketish tartibi tubdan o‘zgargani hamda u yerdan qaytganlar sug‘urta pullarini olib ketishlari kerakligiga doir ma'lumotlar berilgan edi.
Mavzuga oid
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
18:06 / 08.06.2026