Özbekiston Respublikasi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi «Kompleks test markazi»ning oçilişi oldidan matbuot anjumanini ötkazdi. Unda iştirok etgan Koreya Inson resurslari markazining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Park San Lu özbekistonlik mehnat muhojirlarining faoliyatiga töxtalib ötib, «suğurta depoziti sifatida 200 AQŞ dollaridan 2000 AQŞ dollarigaça bölgan mablağni qabul qilib» olişga çaqirdi.
Uning aytişiça, rasmiy Ye-9 işçi vizasi bilan Janubiy Koreyaga jönab ketgan özbekistonlik mehnat muhojirlari öz muddatida ortga qaytgaç, 2000 AQŞ dollarigaça bölgan qiymatdagi suğurta pulini qabul qilişi söraladi.
«Biz barça mablağ va röyxatni Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga taqdim qilganmiz. Işçilar tez orada özlariga tegişli pullarni olib ketişlari söraladi», - deydi u.











