O‘zbekiston | 15:50 / 07.11.2017
43246
1 daqiqa o‘qiladi

Bu davom etishi mumkin. «O‘zbektelekom» internetdagi uzilish yuzasidan izoh berdi

Bugun, 7 noyabr kuni soat taxminan 13:50-14:40 oralig‘ida internet ishlamay qoldi.

Butun O‘zbekistonni internet bilan ta'minlovchi markaziy provayder - «O‘zbektelekom» AK ushbu «avariya holati» yuzasidan izoh berdi.

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik jamiyati qo‘shni davlatlar hududlarida rejadan tashqari avariya-tiklash ishlari olib borilishi munosabati bilan 7-8 noyabr kunlarida Internet tarmog‘i vaqtinchalik ishlamasligi mumkinligidan ogohlantiradi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyilgan ma'lumotnomada.

 

Mavzuga oid